So’nggi yangiliklar

14:18"Динамо" "Насаф" расмийсининг сўзлари бўйича баёнот берди  4 14:00Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Суперлига футболчилари тахмини  7 13:33Анвар Ҳожимирзаев: "Ўйин сўнгида омад "Насаф" томонда бўлди"  6 13:18Абдувоҳид Неъматов: "Бундай катта ўйинда VAR йўқлиги бироз ноқулайлик туғдирди"  2 13:04107 километрлик ланъат ёхуд "Динамо" - "Насаф" учрашувига нега КТС келмади?   40 12:52БУМ! Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади  21 12:37"Динамо" – "Насаф" учрашувида пенальти бормиди? Экспертимиз жавоб беради  12 12:18Акмал Мозговой: "Фаолиятимда янги саҳифани очишга қарор қилдим"  9 12:07Расман: "Сўғдиёна" сербиялик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 11:51Мексика терма жамоаси КОНКАКАФ Олтин Кубоги финалида АҚШни мағлуб этди  1 11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  2 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  8 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  12 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  7 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  9

Diyor Imomxo'jaev: Bugun futbol emas, boks muxlisiman. Siz-chi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Bugun futbol emas, boks muxlisiman. Siz-chi?

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Futbolimizda so'nggi kunlarda bo'layotgan voqealar kishini ruhan toliqtirdi. Internetdagi har bir chiqishdan keyin kimgadir nimanidir tushuntirish kerak bo'ladi va hokazo.

SHanba va yakshanba o'sha dilxiraliklarni unutish uchun yordam beradigan kun. Men bu kunlarni Evropadagi futbol uchrashuvlari sabab qadrlayman. Undagi voqealar kishiga ruhiy zavq bag'ishlaydi. Hozir esa hayotimda birinchi marta futboldan ko'ra ko'proq boksni kutib o'tiribman.

Bungacha boksni faqatgina 1 marta kutgandim. Davron Fayziev sabab Floyd Meyvezer va Menni Pakyao jangini tomosha qilganman. Uning shu haqdagi blogpostini o'qiganimda oxirgi xatboshiga qadar xayolimda futbol turgan va so'nggi lahzada boks haqidagi maqola ekanini tushunganman. Balki boksga yaxshi tushunmaganim uchun bo'lsa kerak, jang u qadar yoqmagandi. Men ayovsizroq nimadir kutdim o'shanda, nazarimda Pakyao ustunroqdek ko'rindi, yakunda esa hakamlar Meyvezerning qo'lini ko'tardi.

O'sha jangdan keyin Meyvezerning boksdan ketmasligini istaganman. Qanday qilib biror marta mag'lub bo'lmay sportdan ketish mumkin?! Muhammad Alidan tortib, Taysongacha mag'lub bo'lganmidi? Xullas-da... Bugun o'sha Meyvezerni mag'lub etishi mumkin bo'lgan kimdir topilgandek. Va shuning uchun ham jangni intizor bo'lib kutib o'tiribman.



Boksni Rio Olimpiadasidan keyin avvalgidan yaxshiroq tushuna boshladim. Kimlarnidir tanidim, uning ichiga qisman kirib ko'rdim. Uni zo'r tushunmasam-da, ertangi jangda Meyvezerning imkoniyatlari anchagina ko'p ekanini his qilib turibman. Fayziev chiroyli o'xshatish qildi, quruqlik va dengizda qirol bo'lgan sher va akula o'rtasidagi jang bu. Farqi, sher suvga tushib olishmoqchi.

O'zini tutishi va manmanligi tomonidan olib qaraganda, Konor MakGregorga simpatiya umuman yo'q. Bu borada Meyvezerdagi kamtarlik hurmatga sazovor. Ammo shunday bo'lsa-da, ananalarning buzilishini tomosha qilish zavqli bazida. Bokschining UFC vakili tomonidan mag'lub etilishi, buning ustiga mana-man degan bokschilarning tishi unga o'tmagan bo'lsa, tasavvur qilyapsizmi? Agar jang shunday yakun topsa, bu juda katta shov-shuv keltirib chiqaradi. Boks va UFC o'rtasidagi ziddiyot hamda raqobat yanada avj oladi. Bundan professional sport yutadi.

Ko'pchilik buning shou ekani haqida aytishdan charchayotgani yo'q. Ha, bu shou! Ammo so'nggi vaqtlarda futbol ham shunga aylanib qolmayaptimi? Transfer oynasidagi jarayonlar, maydonda to'p surayotgan futbolchilar va ularga bo'lgan qiziqish tomonidan kelsak.



MakGregor pulni yaxshi ko'radi va bu borada u bingoni urdi. Meyvezer ham shunchaki ringga chiqib bergani uchun 100 million oladi. Bunga qolgan foydalar qo'shilayotgani yo'q hali. Ammo ringda shou ketmaydi. SHuning uchun ham bu jangni ko'rsa arziydi. Bu shunchaki ikki jangchi o'rtasidagi navbatdagi kurash emas. Bunda Meyvezer va MakGregor nafaqat o'zining, balki butun bir sportning shanini himoya qiladi. Etibor bering, Taysondan tortib, istalgan bokschini olib qarang, hammasi Meyvezerning yoni bo'lib turibdi, uni qo'llab-quvvatlayapti. Bordi-yu, Meyvezer mag'lub bo'lib qolsa, u nafaqat o'zining, balki qolgan afsonalarning ham yuzini erga qaratib qo'yadi. SHu tomondan olib qaraganda ham bu zo'r jang.

Meyvezerning mag'lubiyatini istayapmanmi? SHunisi o'zim ham bilolmay turibman. Qandaydir xokkeychi kelib, Messi va Ronaldudan yaxshiroq futbol o'ynab yuborsa, bu millionlar o'yini muxlislarining hamiyatiga tegishi mumkinmi? SHuncha vaqtdan buyon ularni zo'r bilsag-u, boshqa sport turlarida biz bilmagan talantlar ko'p bo'lsa, g'alati bo'ladi, to'g'rimi? Balki Floydning g'olib chiqib, UFC vakillariga otashin salom yo'llashi va o'z ringidan tashqariga chiqmasligini uqtirib qo'yishini ko'rish qiziqarliroqdir.

Kimning yutishi va nima bo'lishini bilmayotganim uchun ham shu jangni kutyapman.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика