Divok Origi: "Ichki ovoz men "Liverpul"da qolishim kerakligini aytdi"
13 avg 2019 19:25
Yangiliklar


Divok Origi: "Ichki ovoz men "Liverpul"da qolishim kerakligini aytdi"
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi klub bilan shartnomani uzaytirgani borasida fikr bildirdi.
"Bir vaqtning o'zida yaxshilab o'ylab olishim va klub men bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqdami yo'qmi, shu borada gaplashib olishim kerak edi. O'sha vaqtda mavsum avjiga chiqqan va mng ishimga bor etiborni qaratishim lozim bo'lgan payt edi. SHuning uchun vakillarimga muzokara o'tkazishlari uchun ruxsat berdim. Oxirida ichki ovoz men "Liverpul"da qolishim kerakligini aytdi. Bu menga kundek ravshan edi.
Men bu erdagi o'yin va mashg'ulotlardan mamnunman. Yaratib berilayotgan imkoniyatlardan juda minnatdorman. Bu menga olg'a harakatlanishim uchun turtki bo'ladi", - deydi Origi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar