Diqqatimiz markazida - "Bundesliga 1963-2013"
16 noy 2013 17:06
Yangiliklar


Diqqatimiz markazida - "Bundesliga 1963-2013"
- 1963 yil avgustda Germaniya birlashgan bundesligasi ilk tur uchrashuvlari o'tkazilgan. Bunga qadar esa jamoalar hududiy turnirlarda ishtirok etib kelganlar. Lekin 1962 yil iyulda Germaniya futbol ittifoqi umumiy liga tuzishga qaror qiladi va 1963 yilgi mavsumdan boshlab Germaniyada ham umumiy tarzda o'tkaziladigan chempionat tashkil etish yo'lga qo'yiladi.
- Ilk chempion:
Dastlabki mavsumda chempionlik “Këln” jamoasiga nasib etgan. Ilk marta tashkil etilgan birlashgan chempionatda g'oliblikni qo'lga kiritgan ushbu jamoa keyinchalik peshqadamlikni “Bavariya” ga berib qo'yadi.
- Eng ko'p chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan jamoa:
Ha, sezib turganingizdek bu borada “Bavariya” ning oldiga tushadigani yo'q. Myunxen superklubi 22 bor chempionlik “lagani”ni boshi uzra ko'tarishga erishgan. Myunxenliklar har doim g'oliblik uchun davogar bo'lib kelganlar. Bu mavsumda ham chempion bo'lish Pep Gvardiola shogirdlariga nasib etadimi ëki yo'qmi – bunisi bizga qorong'u. Ammo “Bavariya”ning rekordi boshqa jamoalar tomonidan yaqin yillar ichida zabt etilmasa kerak...
- Eng ko'p chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan futbolchilar:
“Bavariya” safidagi ërqin o'yinlari bilan esda qolgan yaqin o'tmish futbol yulduzlari – Oliver Kann va Mexmet SHëll sakkiz martadan Germaniya chempionligini qo'lga kiritishgan. Tabiiyki, ular ikkisi ham shoxsupaga “Bavariya” tarkibida ko'tarilgan.
- Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar:
Karl Haync Ko'rbe Frankfurt sharafini himoya qiluvchi “Ayntraxt” jamoasi ramzlaridan biri hisoblanadi. Ko'rbel Frankfurtliklar safida 602 ta uchrashuv o'tkazgan. Uning bu rekordini hali beri yangilanishi dargumon. O'yinlar soni bo'yicha undan keyingi o'rinni ko'p yillar davomida “Gamburg” safida mazmunli o'yin namoyish etib muxlislar qalbidan joy egallagan Manfred Kalc band etgan. Kalc umumiy xisobda 581 bahsda maydonga tushgan.
- Eng ko'p to'p kiritgan futbolchilar:
Myunxen superklubi tarixiga o'z nomini zarxal xarflar ila bitib qo'ygan futbolchilar orasida Gerd Myuller nomi alohida extirom bilan tilga olinadi. Gerd Myuller bundesliga tarixidagi eng sermahsul o'yinchi sanaladi. Uning kiritgan gollari soni jami 365 tani tashkil etadi. Sermaxsullik borasida "SHalke”ning sobiq azosi Klaus Fisher ham yaxshi ko'rsatgichga ega. Fisher umumiy xisobda raqib jamoalar darvozabonlarini 268 bora ranjitishni uddalagan.
- Eng yirik xisob:
Bundesliga doirasidagi bahslarda qayd etilgan eng yirik xisob 12-0 hisoblanadi. Ammo bu xisob qayd etilganiga deyarli 35 yil bo'ldi. 1978 yil “Borussiya” Myunxengladbax" hamda “Borussiya” Dortmund jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasini 12 bor ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lishgan. Bunday yirik xisobda g'alaba qozonish haligacha boshqa jamoalarga nasib etgan emas.
- Eng ko'p tomoshabin kelgan uchrashuv:
Hammamizga malumki, Bundesliga uchrashuvlarga tomoshabinlar tashrifi borasida jahondagi eng peshqadam birinchilik sanaladi. O'tgan mavsumda har bir o'yinga o'rta xisobda 45000 muxlis tashrif buyurgan. Bu boradagi eng katta ko'rsatgich esa 1969 yilda qayd etilgan bo'lib, o'shanda “Gerta” - “Këln” bahsini bevosita stadionda kuzatish uchun jami 88075 ta muxlis tashrif buyurgan edi.
- Hozirgacha bundesligada jami 52 ta jamoa ishtirok etishga muvaffaq bo'lgan. Ular ichida faqatgina “Gamburg” turnirga asos solingandan buën ligada qatnashib kelmoqda.
- Germaniya CHempionatida ishtirok etuvchi jamloalar orasida klub rasmiy nomida raqamlar mavjudlari ko'p uchraydi. Misol sifatida “SHalke 04”, “Maync 05”, “Gannover96” jamoalarini keltirish mumkin. Bu raqamlar – jamoalarning tashkil qilingan yilini anglatadi.
- Bundesliga doirasidagi uchrashuvni ko'rish uchun kelgan muxlis chipta uchun o'rtacha 23 Evro “harajat” qilishiga to'g'ri keladi.
- G'olibga chempionlik lagani nasib etadi. Ushbu sovrin 1949 yilda tasis etilgan bulib, dastlab hududiy liga g'oliblari o'rtasida o'tkazilgan turnir g'oliblariga berib kelingan. Keyinchalik umumiy liga tashkil etilgan bo'lsa-da, bundesliga g'olibiga ham ushbu sovrin taqdim qilish odati saqlab qolingan.
Zoxirjon Akramxonov tayërladi

Fikrlar