So’nggi yangiliklar

00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  11 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 00:01Европа лигаси. "Рома" - "Атлетик" баҳси асосий таркиблари маълум!  19 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  1 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  43 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  20 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  8

Dinamoning Turkiyadagi yig'in doirasidagi raqiblari malum Yangiliklar

Dinamoning Turkiyadagi yig'in doirasidagi raqiblari malum

Teglar :  Dinamo
Superliga yangi mavsumiga puxta hozirlik ko'rish maqsadida 3 fevral kuni Turkiyaga jo'nab ketgan Dinamo klubining Antaliyadagi yig'in doirasidagi o'rtoqlik uchrashuvlari ro'yxati malum bo'ldi.

Serbiyalik bosh murabbiy Predrag Rogan qo'l ostidagi «Dinamo» jamoasi 4 fevral kunidan Side shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi. Jamoa kuniga 2-3 mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Uch haftalik yig'in doirasida Samarqand jamoasi 5ta nazorat bahsida maydonga tushadigan bo'ldi.

Xorijdagi yig'in rejasiga binoan, «Dinamo» ilk uchrashuvini 6 fevral kuni Ukrainaning «Levyy bereg» klubiga qarshi o'tkazsa, 10 fevralda Ruminiyaning «CHiksereda» (Csíkszereda Miercurea Ciuc) jamoasi bilan to'qnash keladi. 

«Dinamochilar» 14 fevral kuni «Abdish Ota» (Qirg'iziston), 18 fevral «Garedji» (Gruziya), 23 fevral kuni esa Ukrainaning «Obolon» klubiga qarshi maydonga tushadi.


«Dinamo»ning Turkiyadagi o'rtoqlik uchrashuvlari ro'yxati:


6 fevral (yakshanba)

«Dinamo» - «Levyy bereg» (Ukraina)

10 fevral (payshanba)

«Dinamo» - «CHiksereda» (Ruminiya)

14 fevral (dushanba)

«Dinamo» - «Abdish Ota» (Qirg'iziston)

18 fevral (juma)

«Dinamo» - «Garedji» (Gruziya)

23 fevral (chorshanba)

«Dinamo» - «Obolon» (Ukraina).


Malumot uchun, «Dinamo» jamoasi 24 fevral kuni Turkiyadan O'zbekistonga qaytadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика