So’nggi yangiliklar

13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  0 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  4 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  10 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  3 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   23 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  21 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  7 08:05Суперлига. ОКМК минимал ҳисобда, "Бунёдкор" эса ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 07:57Суперлига. Бугун иккита супер учрашув бор  13 07:25МЛС. ЖЧдан қайтган "Интер Майами" рақибини йирик ҳисобда мағлуб этди. Мессидан 2+1  8 03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  25

Dinamoning ikki futbolchisi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Qatarga jo'nab ketdi Yangiliklar

Dinamoning ikki futbolchisi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Qatarga jo'nab ketdi

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi 21–27 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi.

Yig'in doirasida Jasur Abduraimov shogirdlari 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi, 25 mart kuni esa Kanada U-22 termasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu yig'inga Dinamo asosiy tarkibining ikki vakili – 1996 yilda tug'ilgan yarimhimoyachilarimiz Javohir Qahramonov va Abdujamol Isroilovlar taklif etilishgan.

21 mart kuni Qatarga jo'nab ketgan futbolchilarimiz 24 mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogi doirasidagi Zominga qarshi bahsni o'tkazib yuborishadi. Har ikki futbolchi Navbahorga qarshi o'yin oldidan, 28 mart kuni klubimiz ixtiyoriga kelib qo'shilishi kutilmoqda.

Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini O'zbekiston U-22 yoshlar terma jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo CHempionati final bosqichi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика