"Dinamo"ni bir qator futbolchilar tark etdi va ikki futbolchi keldi
24 jan 2019 18:50
Yangiliklar


"Dinamo"ni bir qator futbolchilar tark etdi va ikki futbolchi keldi
“Dinamo” jamoasining 25-26 yanvar kunlari Toshkentda “Metallurg” va “Bunyodkor” klublariga qarshi nazorat bahslari o'tkazishi borasida xabar bergan edik.
Klub matbuot xizmatining malumot berishicha, o'tgan mavsumda Termizning “Surxon” klubi to'p surgan Sardor Eminov va Muborakning “Mashal” jamoasidan Bobur Qosimovlar “Dinamo” safiga qo'shilib, mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. SHuningdek, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida Qarshining “Nasaf” klubida o'tkazib, tajriba orttirgan hujumchi Amirjon Safarov ham “Dinamo” safiga kelib qo'shilgan.
O'tgan mavsumda “Dinamo” jamoasi safida to'p surgan tajribali futbolchi Ilhom Yunusov, Firdavs Abdusalimov, Viktor Grigorev, Pavel Purishkin jamoani tark etishdi. SHuningdek, tarkibda “Bunyodkor”dan ijara asosida to'p surgan yosh futbolchilar Abbosbek Jumaqulov va Suhrob Izzatovlar ham o'z jamoalariga qaytishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar