"Dinamo"ni 6 nafar futbolchi tark etdi
12 jan 2018 11:06
Yangiliklar
"Dinamo"ni 6 nafar futbolchi tark etdi
Barcha jamoalar singari "Dinamo" klubi ham yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini boshladi.
12 yanvar, juma kunidan boshlab "Dinamo" Samarqanddagi qarorgohida 2018 yilgi mavsum taraddudiga kirishdi. O'quv mashg'ulot yig'ini doirasida murabbiylar asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga etibor qaratishmoqda.
2017 yilgi mavsumdan keyin shartnomasi o'z nihoyasiga etgan bir qator futbolchilar jamoani tark etishdi. Jumladan, chernogoriyalik legioner Adnan Oraxovac, moldovalik legioner Radu Rogak, shuningdek ijara asosida to'p surgan Farhod Tojiev, Muhammad Isaev, Doniyor Ismoilov, Saidjamol Davlatjonov jamoani tark etishdi.
Yangi mavsum oldidan jamoa tarkibida yana o'zgarishlar qilinib, tarkibni kuchaytirish rejalashtirilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar