So’nggi yangiliklar

16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  0 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  28 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  26

"Dinamo"dan navbatdagi yirik g'alaba Yangiliklar

"Dinamo"dan navbatdagi yirik g'alaba

Teglar :  DinamoMashal-2
Birinchi Liga 27-turi doirasida Samarqandda Muborakning Mashal-2 jamoasini qabul qilgan Dinamo futbolchilari navbatdagi yirik hisobli g'alabani qo'lga kiritishdi.

Uchrashuvni hujumkor boshlagan mezbonlar o'yinning 4-daqiqasidayoq hisobni ochishdi. CHap qanotdan etkazib berilgan to'pni yosh hujumchi Amirjon Safarov bosh bilan ajoyib tarzda raqib darvozasiga joylab qo'ydi, 1:0.

Goldan ruhlangan mezbonlar muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ostida hujumkorlikni to'xtatishmadi. Natijada 29-daqiqada yarimhimoyachilar Amirjon Safarovni yana yakkama-yakka vaziyatiga olib chiqishdi. O'z o'rnida yosh hujumchi ham sovuqqonlik bilan raqib darvozasiga o'yindagi ikkinchi golni urib, dublini nishonladi, 2:0.

Ikkinchi bo'lim ham Samarqand jamoasining ustunligi bilan boshlandi. 47-daqiqada yana o'sha tinib-tinchimas 21 yoshli hujumchi Amirjon Safarov raqib darvozasining uzoq burchagini aniq nishonga olib, xet-trigi evaziga 17 ta gol bilan Birinchi Liganing eng yaxshi to'purari nomini qo'lga kiritdi, 3:0.

Uchrashuvning 58-daqiqasiga kelib Dinamo stadioni yana bir marta larzaga keldi. Omadjon Tayloqovning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib, chiziqni kesib o'tib, o'yin bezagiga aylandi, 4:0.

Zaxiradan maydonga tushgan tajribali hujumchi Alisher Xoliqov ham o'yinni kuchaytirishga erishdi. 70-daqiqaga kelib aynan uning jarima maydonidagi ajoyib harakatlari va zarbasi hisobning yirik 5:0 ga etishini taminladi.

Ushbu natija yanada yirik ko'rinishga kelishi mumkin edi, ammo 90+1-daqiqada Bunyod Isroilovning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qarshi hujumda esa muboraklarning tajribali futbolchisi Bahodir Murtazoev jamoasining yagona javob golini kiritdi, 5:1.

Ushbu g'alabadan keyin Dinamo peshqadamlikni davom ettirib, maqsadi yo'lida yana bir muhim qadamni tashladi.

Birinchi Liga. 27-tur.

22 sentyabr (payshanba)

Dinamo (Samarqand) – Mashal-2 (Muborak) – 5:1

Samarqand, 1568 tomoshabin.

Hakamlar:
E. Tursunov (Buxoro) – 8,3, M. Turdiev (Jizzax) – 8,7, SH. Yuldashev (Jizzax) – 8,1, SH. Qamarov - 9

Gollar: A. Safarov (4, 29, 47), O. Toyloqov (58), A. Xoliqov (70) – B. Murtazoev (90 + 1).

Dinamo: Mixail Naumov (SHuhrat Murodov, 79), Bunyod Isroilov, Aleksey Nikolaev, Akmal Bozorov, Mirkomil Lokaev, Iskandar Xolmirzaev (Komil SHarofutdinov, 64), Omadjon Tayloqov, Firdavs Abdusalimov (Islom SHaripov, 60), Jonibek Ko'chimov, Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 50), Amirjon Safarov (Asomiddin Mamatov, 74)

Mashal-2: Husan Olimjonov, Muhammad Toshpo'latov, Doniyor Umarov, Obid Mamatov, Sanjarbek Ahmedov, SHokir Yo'ldoshev, Yodgor Nazarov, Bahodir Murtazoev, Maqsudjon Mahmudov, SHahzodbek Ubaydullaev, Bunyod SHodiev.

Ogohlantirishlar: I. Xolmirzaev (62) – M. Mahmudov (23).

Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика