So’nggi yangiliklar

21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  0 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  0 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  1 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  1 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  3 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  12 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  1 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  4 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  13 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  1 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  22 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  3 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  5

Dinamodan navbatdagi rekord g'alaba… Yangiliklar

Dinamodan navbatdagi rekord g'alaba…

Teglar :  Uchqun Qobilov
Birinchi Liga 17-turi doirasida Samarqandda Buxoroning Fijduvon klubini qabul qilgan Dinamo jamoasi ketma-ket ikkinchi o'yinda ham o'zi uchun rekord natija – 8:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi.

Uchrashuvni hujumkor boshlagan mezbonlar o'yinning boshidanoq raqibdan bir bosh baland ekanliklarini ko'rsatishdi. 8-daqiqada Azamat Bobojonov qanotdan Jonibek Ko'chimov tomonidan oshirilgan to'p bilan hisobni ochgan bo'lsa, 29-daqiqaga kelib yosh yarimhimoyachi Jonibekning o'zi farqni ikkitaga etkazdi, 2:0.

Ikkinchi bo'limda ham tarkibda bir qator o'zgarishlar qilgan murabbiylarimizning qarori o'zini oqladi. Viktor Klishin 49-daqiqada hisobni 3:0ga etkazgan bo'lsa, qolgan beshta golni zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar kiritishdi.

Jumladan, Komil SHarofutdinov hisobni 4:0ga etkazgan bo'lsa, samarqandlik yosh hujumchi Amirjon Safarov 56, 86-daqiqalarda dublini nishonladi. Bundan natijaga tajribali forvad Alisher Xoliqov ham erishdi. Uning 63, 78-daqiqalarda kiritgan gollari Dinamoning ketma-ket ikkinchi o'yinni ham 8:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlashiga sabab bo'ldi.

Birinchi Liga. 17-tur. 23 iyun (payshanba)

DINAMO – FIJDUVON – 8:0
Samarqand, 2058 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Rubakov (Toshkent) – 8,5, N. Anfinogenov (Toshkent) - 8,4, S. Abdurahmonov (Toshkent) – 8,6, A. Axtamov - 9
Inspektor: V. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: Azamat Bobojonov 8, Jonibek Ko'chimov 29, Viktor Klishin 49, Komil SHarofutdinov 54, Amirjon Safarov 56, 86, Alisher Xoliqov 63, 78.

Dinamo: Mixail Naumov (Rustam Toshturdiev, 41), Mirkomil Lokaev, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Akmal Bozorov, Omad Toyloqov (Komil SHarofutdinov, 46), Jasur Azimov, Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 50), Azamat Bobojonov (Amirjon Safarov, 46), Saidjon Davlatjonov, Jonibek Ko'chimov (Orzumurod Ahmedov, 58).

G'ijduvon: Doniyor Mallaev, Mirzo Tursunov, Rahmon Ochilov, Amirjon Temirov, Aziz Abdullaev, SHerdor Turopov, Bobur O'roqov, Bekzod Rahmonov, Mansur Otaqulov, Islom SHaropov, Murod Hamdamov.

Zaxira: Bekzod Sattorov, Sunnat Hafizov, Jasur Mardonov, Muhriddin Ergashev, Xondamir Ahmadov, Doniyor G'oyibov, Aziz Nazarov.

Ogohlantirishlar: R. Ochilov (Fijduvon, 14).

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика