So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  94 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

“Dinamo” Zagreb “Bunyodkor”ning yosh futbolchilariga qiziqib qoldi Yangiliklar

“Dinamo” Zagreb “Bunyodkor”ning yosh futbolchilariga qiziqib qoldi

Avval xabar berib o'tganimizdek, 10-19 avgust kunlari oralig'ida “Bunyodkor” futbol akademiyasining 5 nafar istedodli yosh futbolchilari ko'rikka, 5 nafar murabbiylari esa amaliyot o'tashga Xorvatiyaga safar uyushtirishgan edi.

Zagrebdagi voqealarni etkazishga o'tishdan oldin “Dinamo” FKga yo'l olgan futbolchi va murabbiylar tarkibini muxlislarga yana bir bor eslatib o'tsak.

Futbolchilar:

1. Ollabergan Karimov, 2006 yil, hujumkor yarim himoyachi.

2. Abdulhamid Ikromov, 2006 yil, hujumkor yarim himoyachi.

3. Zikrilloxon Muxtorov, 2006 yil, o'ng/chap qanot yarim himoyachisi.

4. SHohruhxon Qahhorov, 2006 yil, chap qanot himoyachisi.

5. Azizbek To'lqinbekov, 2007 yil, tayanch yarim himoyachisi.

Murabbiylar:

1. Jamoliddin Rahmatullaev, “Bunyodkor” U-19 jamoasi hamda O'zbekiston U-16o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

2. Ulug'bek Boqiev, akademiya 2006 yillar jamoasi murabbiyi.

3. Mirkamol Qosimov, “Bunyodkor-2” jamoasi yordamchi murabbiyi.

4. Aziz Hoshimov, akademiyaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi.

5. Aleksey Roshin, akademiya darvozabonlar bo'yicha murabbiylarining katta murabbiyi.

Dastlab, murabbiylarning stajirovkasiga oid mavzuga to'xtalsak. Barcha murabbiylarimiz 11 avgustdan boshlab, bir hafta davomida “Dinamo” klubi akademiyasi, uning tuzilmasi, infrastrukturasi, faoliyati, strategiya va taktikasi, moddiy-texnika bazasi, mashg'ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Ular har kuni “Dinamo” Zagreb akademiyasining turli yosh toifalaridagi (U-9, U-11, U-12, U-13, U-14, U-15, U-16, U-17, U-18, U-19) jamoalari mashg'ulotlarini ketma-ket kuzatib borishdi. SHuningdek, “Dinamo”ning U-12, U-15, U-17 va U-19 jamoalari o'tkazgan o'rtoqlik o'yinlari guvohi bo'lishdi. Misol uchun, U-19 jamoasi shu yoshdagi Xitoy terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Xitoyliklar uzoq vaqtdan buyon Zagrebda istiqomat qilib, shu erda o'z tayyorgarliklarini olib borishayotgani malum bo'ldi. “Bunyodkor” delegaciyasi safar mobaynida aynan xitoyliklar bilan bitta mehmonxonada – 4 yulduzli Garden Hill Hotelda yashadi.

Murabbiylarimiz “dinamo”chilarning yoshlar jamoalari o'yinlari modelini nazorat bellashuvlarida ko'rishgan bo'lsa, 13 avgust kuni “ko'k ranglilar” asosiy tarkibining haqiqiy o'yin uslubini bevosita stadiondan kuzatishdi. SHu kuni butun delegaciyamiz “Maksimir” stadionida Xorvatiya oliy divizionidagi eng tarixiy va eng keskin qarama-qarshilikka shohid bo'ldi. “Dinamo” mehmonlarni ayab o'tirmadi. Azaliy va principial raqib “Xayduk” Split yirik – 4:1 hisobida tor-mor etildi.

SHubhasiz, bu stajirovkadan murabbiylarimiz o'zlariga katta tajriba olishdi. Ham nazariy, ham amaliy jihatdan.

- “Dinamo” akademiyasi, undagi sharoitlar bilan tanishdik. Turli yoshlardagi jamoalar mashg'ulotlarini kuzatdik. Nazariy seminar ham tashkil etildi. Dunyoda futbol akademiyalari ichida oltinchi, Evropada bejizga uchinchi o'rinda emasligiga amin bo'ldik. “Dinamo”ning barcha jamoalarida asosiy urg'u jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan ekan. Berilayotgan mashqlar ham shunga yarasha. Texnika, yani to'pni qabul qilish, uzatish bo'yicha ishlash ham alo darajada. Mashg'ulotlardagi tezlik yuqori, mashqlarni tezlik bilan bajarish qatiy talab qilinadi. Diqqat-etiborimni o'ziga tortgan xususiyatlardan biri – ular mashg'ulotlar vaqtida huddi o'yindagi kabi vaziyatlarga tenglashtirilgan holatlar ustida juda ko'p ishlashar ekan, - deydi “Bunyodkor” akademiyasining darvozabonlar murabbiyi Aleksey Roshin.

Ko'rikka borgan yosh iqtidorlarga keladigan bo'lsak, ular “Dinamo” U-17 jamoasi tarkibida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda qatnashishdi. Hozirda yoshlar uchun Xorvatiyada yangi chempionat hali boshlanmagan. Mavsumoldi tayyorgarlik yig'inlari o'tmoqda.

13 avgust kuni beshovlonni mezbonlar skautlari va murabbiylari “Dinamo” U-17 - “Xrvatski Dragovolyac” U-19 o'rtoqlik uchrashuvida tekshiruvdan o'tkazishdi. Ollabergan Karimovdan boshqa barcha o'yinchilar o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlashdi. Ollabergan bahsga ikkinchi bo'limdan qo'shildi. Bellashuvda ikki yosh katta bo'lgan mehmonlar minimal hisobda zafar quchishdi (1:0).

Futbolchilardanularning safardan olgan taassurotlari qandayligi bo'yicha qiziqdik.

Abdulhamid Ikromov:

- “Dinamo” jamoasi bizni juda yaxshi kutib oldi. Bu erda futbol atmosferasi judayam yuqori darajada ekan. Mashg'ulotlarda ishtirok etdik. 13 avgust kuni o'rtoqlik uchrashuvida to'p surdik. Men ikki taym o'ynadim. O'yin juda tez va baland tempda o'tdi. Ko'plab vaziyatlar yaratgan bo'lsakda, bizga gol urish nasib etmadi. Umuman aytganda, Zagreb akademiyasi menga rosa yoqdi. Xudo xohlasa, men kelgusida shu erda to'p surishga harakat qilaman.

Azizbek To'lqinbekov:

- Avvalambor, bizga Evropa futboli bilan nafas olish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan “Bunyodkor” FK rahbariyatiga, shaxsan, “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, klubimiz prezidenti Mehriddin Abdullaevga o'zimning nomimdan, do'stlarim, murabbiylarim, ota-onalarimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildiraman. Men bu erga kelganimdan xursandman. Mashg'ulotlar g'oyatda qiziqarli, surat esa anchayin yuqori. Murabbiylarning talablari juda ham baland. O'zim uchun ko'p yangiliklarni o'rgandim.

Xorvatiya milliy terma jamoasining sobiq darvozaboni, JCH-2002 va 2006, ECH-2004 ishtirokchisi, “Dinamo” safida Xorvatiya chempionatlarida 100dan ortiq o'yinlar o'tkazgan, bugungi kunda klub akademiyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Tomislav Butina yosh futbolchilarimizga yaxshi baho berdi: “Texnik tarafdan yigitlaringiz saviyasi etarlicha ekan. Beshala futbolchi o'zlarini yaxshi tomondan namoyon etishdi. Tahlilchilarimiz fikrlariga tayanib gapiradigan bo'lsam, ikki futbolchi bizga ko'proq maqul bo'ldi. Ammo ulardan bittasi bizga judayam yoqib turibdi. Aynan u va uning harakatlari “Dinamo”ning taktikasiga rosayam mos tusharkan.

Futbolchilar hali yosh. Ular endi 16 yoshda. FIFA qoidalariga ko'ra, xalqaro o'tishlarga futbolchi 18ga kirganidan so'ng ruxsat beriladi. Bizga manzur bo'lgan futbolchi borasida biz “Bunyodkor” rahbariyatiga albatta aloqaga chiqamiz. Yosh futbolchilar o'tishida hujjatlashtirish ishlari ham ko'p vaqt oladi. Biz bu jarayonni “Bunyodkor” bilan qachon va qay tarzda boshlaymiz, buni yaqin vaqt ichidagi rejalarimiz orqali bilib olamiz”.

Aytgancha, “Dinamo” U-21 jamoasi safida ikki nafar saudiyalik futbolchilar bor ekan. Himoyachilar Mane Al-Muayyad va Basil Al-Xedaif. Ular Xorvatiyaga maxsus loyiha orqali borishgan. Yani Saudiya Arabistoni sport vazirligi mamlakatning iqtidorli futbolchilarini Evropaning kuchli bir qator akademiyalariga o'z hisobidan yuborgan. Yani barcha xarajatlar arablarning o'zlaridan ketadi. Maqsad – o'z futbolchilarini Evropa muhiti orqali imkon qadar tez vaqt ichida yuqori saviyaga olib chiqish. SHunday loyiha bo'yicha Ko'hna qitada to'p surayotgan saudiyalik o'yinchilar CHexiya, Ispaniya kabi yurtlarda ham bor.

...“Bunyodkor” azolarining Xorvatiyaga navbatdagi safari mana shunday voqeliklar bilan muhrlandi. Buyog'iga voqealar rivoji qanday kechishini, birgalikda kuzatamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика