"Dinamo": Yunusov, Sayfiev, Bozorov va Rahmonov qaytishdi
22 iyu 2015 17:15
Yangiliklar


"Dinamo": Yunusov, Sayfiev, Bozorov va Rahmonov qaytishdi
Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishni boshlagan Dinamo jamoasi 19 iyul kunidan boshlab Toshkent viloyatidagi tog'li Dukent shaharchasida tayyorgarlik doirasidagi ikkinchi yig'inni boshladi.
Ushbu maskandagi o'quv-yig'inida Bahrom Hakimov boshchiligidagi jamoamiz 10 kun mobaynida mashg'ulotlar olib boradi. SHundan so'ng jamoa Samarqandga qaytib, ikkinchi davraning dastlabki o'yini – 2 avgust kuni safarda o'tadigan Qo'qon-1912 klubiga qarshi bahsga hozirlik ko'radi.
Ayni damda jamoa tarkibiga bir qator mahalliy futbolchilar yig'ilgan. Jumladan, Ilhom Yunusov, Hamdam Rahmonov, Akmal Bozorov, Iskandar Xolmirzaevlar klub mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. Qayd etish joiz, Ilhom Yunusov Nasafdan ijara asosida Dinamoga kelib qo'shildi.
Quvonarlisi, jamoamizning sodiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiev ham yarim yillik tanaffusdan so'ng jarohatini davolab safga qaytdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar