Dinamo yig'inni boshladi
27 jan 2020 14:50
Yangiliklar
Dinamo yig'inni boshladi
Samarqandning Dinamo jamoasi nihoyat yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Dastlabki kungi mashg'ulotni yordamchi murabbiylar o'tkazdi.
Bugun bosh murabbiy Tachmurod Agamurodov Samarqandga etib keladi va o'zi boshqaruvni qo'lga oladi.
Joriy mavsumni PRO-Ligada o'tkazadigan «Dinamo» futbolchilariga bir nechta jamoalardan qiziqishlar bo'layotgani sir emas. Ammo samarqandliklar ham shartnomasi mavjud bo'lgan o'yinchilarni osonlikcha qo'yib yubormoqchi emas.
Aytishlaricha, «Dinamo»ni futbolchilar oldidagi qarzdorligi mavjud. O'FA tartib-intizom qo'mitasi, futolchilarning o'tish maqomi bu bo'yicha jamoaga muddat bergan.
Agarda 1 fevralga qadar o'yinchilar oldidagi 4 oylik maosh qarzdorligi bartaraf etilmasa, futbolchilar erkin agent maqomini oladi va istalgan klub tarkibiga borib qo'shilishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar