So’nggi yangiliklar

18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  0 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  4 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  2 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  1 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  5 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  20 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  8

"Dinamo" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: o'z maydonida o'ynamaydigan jamoa naq 19 ta o'rtoqlik o'yinida qatnashdi, Gana va Braziliyadan legionerlar olib keldi Yangiliklar

"Dinamo" yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi: o'z maydonida o'ynamaydigan jamoa naq 19 ta o'rtoqlik o'yinida qatnashdi, Gana va Braziliyadan legionerlar olib keldi

Championat.asia har bir klub qishki tanaffusda qanday o'zgargani haqida malumot berishda davom etadi. Navbat Samarqandning "Dinamo"siga etib keldi.

"Arslonlar" o'tgan mavsum Pro ligada javlon urib, 2-o'rinni band etdi.

Quyida Vadim Abramov jamoasi mavsum oralig'ini qanday o'tkazgani, jamoadan kimlar ketgani-yu kimlar kelgani, o'rtoqlik uchrashuvlarida qayd etgan natijalari va boshqa malumotlarni taqdim etamiz. 

Tarkib va transferlar

"Dinamo" bir qator tajribali futbolchilari va legionerlari bilan xayrlashdi. Legionerlardan yaponiyalik yarim himoyachi Koike Yudai, ganalik xavbek Derrik Mensah, gruziyalik himoyachi Anton Tolordava jamoadan ketishdi. Ulardan tashqari mahalliy futbolchilar Murod Toshmatov, Mirg'iyos Sulaymonov, Erkin Baydullaev va Abdujamol Isroilov samarqanliklar safini tark etishdi. 

Jamoaga quyidagi futbolchilar kelib qo'shilishdi:

Humoyunmirzo Iminov ("Buxoro");

Emmanuel Yagr ("Abdish Ata");

Damir Temirov ("Metallurg");

Farruh Ikromov ("Bunyodkor");

Xislat Xalilov ("So'g'diyona");

Anvar Hojimirzaev ("Qo'qon-1912");

Sanjar SHoahmedov ("So'g'diyona");

Artyom Sokol ("Surxon");

Husniddin G'ofurov ("Metallurg");

Odilbek Abdumajidov ("Olimpik");

Ratino ("Maguari Atletika").

Jamoa ketganlar o'rnini etakli darajada to'ldira oldi. Masalan, jamoa tajribali xavbek Sanjar SHoahmedovni jalb etdi. "Surxon"da o'zini ko'rsatgan mudofaa vakili Artyom Sokolni tarkibga qo'shib oldi. Bundan tashqari, hujumkor futbolchilar – Farruh Ikromov, Xislat Xalilov, Damir Temirov va Husniddin G'ofurov "arslonlar"ni kuchaytirishi aniq.    



SHuningdek, Abramov Pro liga to'purari bo'lgan namanganlik futbolchi Anvar Hojimirzaevni jamoaga chaqirdi. U 2023 yilgi mavsum "Qo'qon-1912" safida Pro ligada 20 ta o'yinda 16 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qilgandi.

Yangi mavsumda faoliyati mobaynida Braziliyaning turli klublarida muvaffaqiyatli harakat qilgan, shuningdek, 2019 yil Koreyaning “Kvanchju” jamoasi bilan Key-liga g'olibiga aylangan Ratinoning o'yinlarini ko'rish qiziq bo'ladi. Ratino yig'inda murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirdi va u bilan shartnoma imzolandi.



Vadim Abramov o'tgan yil oxirida olingan intervyuda legionerlar haqidagi savolga javob bergandi. 

- Legionerlar haqida fikringiz qanday? Ularning darajasi chempionatimizdan bir bosh ustunmi?

- Bunga real qarash kerak. Kuchli va klassi bir necha bosh baland legionerlar uchun katta pullar to'lashingiz kerak bo'ladi. Biz Saudiya Arabistoni emasmiz", – degan edi u.


Yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlaridagi natijalar

"Dinamo" jamoasining ilk yig'ini Toshkentda olib borildi.  SHundan so'ng jamoa yaanvar oyida BAAning Dubay shahriga yo'l oldi va u erda bir qator o'yinlar o'tkazib qaytdi. Fevral oyida jamoa Turkiyada yig'in o'tkazdi va u erda ham bir qancha uchrashuvlarda qatnashdi.



Quyida o'rtoqlik o'yinlarining to'liq ro'yxati va ulardagi natijalar bilan tanishtiramiz:

24 dekabr | "Dinamo" – "Lokomotiv" yoshlar tarkibi 4:0

Gollar: Saidmuradov (dubl), Iminov, Malikov 

26 dekbr | "Dinamo" – "Neftchi" 2:1

Gollar: Saidmuradov, Miyich

8 yanvar | "Dinamo" – "Lokomotiv" yoshlar tarkibi 4:0

Gollar: Miyich, Yagr, Narx, Hojimirzaev

8 yanvar | "Olimpiya" – "Dinamo" 0:2

Gollar: Nasimov, Xalilov

10 yanvar | "Dinamo" – "Olimpiya" 2:0

Gollar: Rahmatullaev, Nasimov.

14 yanvar | "Olimpiya" – "Dinamo" 1:2

Gollar: Iminov, Oqbo'taev.

18 yanvar | "Rostov" (Rossiya) – "Dinamo" 4:1

Gol: Yagr.

21 yanvar | "Zenit" (Rossiya) – "Dinamo" 5:1

Gol: Hojimirzaev.

23 yanvar | Qatar olimpiya jamoasi – "Dinamo" 0:2

Gollar: SHoahmedov, Hojimirzaev.

26 yanvar | "Al Fayha" (Saudiya Arabistoni) – "Dinamo" 2:2

Gollar: SHoahmedov, SHarofutdinov.

28 yanvar | "Al SHabab" (Saudiya Arabistoni) – "Dinamo" 1:1

Gol: Hojimirzaev.

4 fevral | "Lokomotiv" – "Dinamo" 1:1

Gol: SHoahmedov.

10 fevral | "Volgar" (Rossiya) – "Dinamo" 3:1

Gol: Oqbo'taev.

13 fevral | "Dinamo" – "Leningradec" (Rossiya) 0:1

15 fevral | "Aktobe" (Qozog'iston) – "Dinamo" 1:3

Gollar: Oqbo'taev,  Franchesko, Hojimirzaev

16 fevral | "Dinamo" – "Dinamo" Tbilisi (Gruziya) 1:0

Gol: Kozak

18 fevral | "Arsenal" Tula – "Dinamo" 5:1

Gol: SHoahmedov.

20 fevral | "Dinamo" – "Auda" (Latviya) 2:1

Gollar: Joel Kojo, Anvar Hojimirzaev

25 fevral | "Dinamo" – "Andijon" 0:0

"Dinamo" qishki yig'inda jami 19 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Jamoa bu bahslardan 10 tasida g'alaba qozongan bo'lsa,  5 ta o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va 4 marta durang o'ynadi.



Murabbiylar shtabi va klub boshqaruvidagi o'zgarishlar

"Dinamo" asosiy jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish bo'lmadi, biroq "Paxtakor", CSKA, "Spartak" kabi klublarda o'ynagan sobiq futbolchi Andrey Pyatnickiy U-21 jamoasiga ustozlik qiladigan bo'ldi.


Boshqa malumotlar

Alohida aytish joiz, "Dinamo" stadioni shu yilning aprel oyigacha vaqtinchalik yopilgan. Jamoa mavsumni Samarqandda boshlamaydi va hozircha Jizzaxda o'ynab turadi.


"Dinamo"ning taxminiy tarkibi

Katta ehtimol bilan "Dinamo"ning "Navbahor"ga qarshi o'yin uchun ehtimoliy tarkibi:

Rahmatov, Miyich, Sokol, Abdumajidov, Kozak, Narx, Ratino, SHoahmedov, Xalilov, Ikromov, Kojo.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo" Superliga 1-turida Namanganda mehmon bo'ladi. Uchrashuv 1 mart kuni 18:30 ga belgilangan.  

Malumot uchun, samarqandliklar Superliga doirasida hech qachon Namanganda "Navbahor"ni yutishmagan. Samarqand jamoasi so'nggi bor mehmondan 2014 yil ochko bilan qaytgan (2:2).

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика