"Dinamo" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTOGALEREYA
11 mar 2015 22:18
Yangiliklar

"Dinamo" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTOGALEREYA
11 mart, chorshanba kuni Samarqanddagi "Registon Plaza" mehmonxonasining anjumanlar zalida "Dinamo" klubi yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Unda viloyat futboli rahbarlari, OAV xodimlari hamda faxriy va ashaddiy muxlislar ishtirok etishdi.
Mavsumlar oralig'ida jamoaga kelgan futbolchilar keng ommaga tanishtirildi. Maksimilian Fomin 6, Nikolay CHipev 33, Otabek Zokirov 7, Aziz Ibragimov 10, Konstantin Mandrichenko 8, Aleksandr Boliyan 11, Muhiddin Xudoyorov 25, Pavel Smolyachenko 9-raqamli futbolkalarga ega bo'lishdi.
Klub bosh murabbiyi Tachmurad Agamurodov Samarqand viloyati hokimiga esdalik sifatida 68-raqamli futbolkani topshirdi.
Tadbir so'nggida muxlislarga taklifnomalar tarqatildi.
Damir Kabilov va Behbud Erkinov
Samarqand shahridan

Fikrlar