"Dinamo" Vadim Abramovning faoliyatidagi ettinchi klub
09 avg 2022 14:20
Yangiliklar


"Dinamo" Vadim Abramovning faoliyatidagi ettinchi klub
Vadim Abramovning "Dinamo" bosh murabbiy sifatida elon qilinganidan xabaringiz bor.
Samarqand shahri jamoasi Vadim Abramov uchun faoliyatidagi ettinchi klub hisoblanadi. Murabbiy bunga qadar NBU-Osiyo, "Traktor", "Lokomotiv", "Astana", "Neftchi", "Bunyodkor" jamoalarini boshqargan. "Lokomotiv" bilan chempionatda kumush medallari va mamlakat kubogi, Superkubogiga ega chiqqan. "Bunyodkor" bilan 2019 yil bronza medallarini qo'lga kiritgan.
2006-2008, 2011-2012 yillarda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi, 2010-2012, 2019-2021 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasida bosh murabbiy lavozimida ishlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar