"Dinamo" Turkiyaga jo'nab ketdi. Klub Rossiya, Gruziya va Latviya jamoalariga qarshi maydonga tushadi
07 fev 2024 19:25
Yangiliklar
"Dinamo" Turkiyaga jo'nab ketdi. Klub Rossiya, Gruziya va Latviya jamoalariga qarshi maydonga tushadi
"Dinamo" jamoasi bugun, 7 fevral kuni Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rish rejasi doirasidagi ikkinchi yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketdi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz Belek shahrida 7-21 fevral kunlari o'tkaziladigan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Hozircha jamoamizning 4ta raqibi va o'yini sanasi malum. Samarqand klubi Rossiya, Gruziya va Latviya klublariga qarshi maydonga tushadi.
"Dinamo"ning Turkiyadagi o'yinlari:
10 fevral. "Dinamo" - "Volgar" (Rossiya)
16 fevral. "Dinamo" - "Dinamo Tblisi" (Gruziya)
18 fevral. "Dinamo" - "Arsenal Tula" (Rossiya)
20 fevral. "Dinamo" - "Auda" (Latviya).
Fikrlar