"Dinamo" to'rt nafar futbolchi bilan xayrlashdi
09 iyu 2019 10:49
Yangiliklar


"Dinamo" to'rt nafar futbolchi bilan xayrlashdi
Superliga birinchi davrasidan keyin “Dinamo” jamoasi tarkibida o'zgarishlar yuz berdi.
“Dinamo” PFK to'rt nafar futbolchi – Vohid SHodiev, Otabek Narzullaev, Avaz Agaliev va Maksimilian Fomin singari futbolchilar bilan xayrlashdi. Jamoa ushbu futbolchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qoladi.
Davralar oralig'ida “Dinamo” jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazib, ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlik ko'radi. O'quv-yig'in mashg'ulotlarida jamoa safida yangi futbolchilar sinovdan o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar