So’nggi yangiliklar

00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  0 23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 1:0 (матнли трансляция)  36 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  124 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10

"Dinamo" - "Surxon": 22-to'qnashuv kimga ataladi? Yangiliklar

"Dinamo" - "Surxon": 22-to'qnashuv kimga ataladi?

Teglar :  DinamoSurxon
Bugun, Pro-Liga 13-turi doirasidagi markaziy uchrashuv Samarqandda “Dinamo” hamda “Surxon” klublari o'rtasida kechadi.

SHiddatli o'tishi kutilayotgan to'qnashuv oldidan jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixiga nazar tashladik.

JORIY MAVSUMDA...

Superligaga chiqishni maqsad qilgan ushbu jamoalar mavsumni kutilgan darajada boshlay olishdi deyish qiyin. “Surxon” ayni damda 11 o'yindan keyin 19 ochko bilan 3-o'rinni band etgan bo'lsa, “Dinamo” 11 bahsdan keyin 10 ochko bilan 5-pog'onada bormoqda.

“Dinamo” so'ngi uchrashuvda G'uzorda “SHo'rtan” ustidan mavsumdagi eng yirik g'alabasi – 0:3ni qayd etgan bo'lsa, “Surxon” Termizda “Mashal” bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.

“Dinamo” jamoasining so'nggi 5 o'yini:
8-tur. Orol – Dinamo - 2:1
9-tur. Dinamo – Andijon – 1:1
10-tur. Andijon – Dinamo - 3:1
11-tur. Dinamo – Orol - 2:0
12-tur. SHo'rtan – Dinamo - 0:3
13-tur. Dinamo - Surxon

“Surxon” jamoasining so'nggi 5 o'yini:
8-tur. Surxon – Istiqlol – 1:0
9-tur. Xorazm – Surxon - 0:0
10-tur. Surxon – Xorazm - 4:1
11-tur. Istiqlol – Surxon - 4:2
12-tur. Surxon – Mashal - 1:1
13-tur. Dinamo - Surxon

UCHRASHUV KOVALENKOGA TOPSHIRILDI

Turning markaziy bahsini FIFA referisi Valentin Kovalenko boshqarib boradi. O'yin nazoratchisi Dmitriy Roman, komissar sifatida Mamur Saidqosimov faoliyat olib boradi.

Pro-Liga. A guruhi.
7 iyun (payshanba)

“DINAMO” – “SURXON”
Hakamlar: V.Kovalenko, D.Iskanderov, D.Jumaniyozov.
Nazoratchi – D.Roman.
Komissar – M.Saidqosimov.

ESKI TANISHLAR...

Termizliklar safidagi Farhod Tojiev va Ibrohim Rahimovlar “Dinamo” jamoasining sobiq futbolchilari sanalishadi. Har ikki futbolchi bugun “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda. Farhod Tojiev 2007 va 2008 va o'tgan mavsum – 2017 yil ikkinchi davrasida “Dinamo” safida to'p surgan bo'lsa, Ibrohim Rahimov 2007 yilda jamoamiz safida to'p surgan.

O'ZARO O'YINLAR: 22-TO'QNASHUV

1992 yildan buyon “Surxon” va “Dinamo” klublari chempionat doirasida 21 marotiba o'zaro to'qnash kelishgan. Bu borada jamoalarda tenglik. “Dinamo” 21 o'yindan 8 tasida g'alaba qozongan, 8 o'yinda “Surxon” g'olib bo'lgan. 5 ta uchrashuv esa durang natija bilan tugagan. Gollar nisbati, 29-25 “Surxon” foydasiga.

Birinchi davradagi uchrashuvda termizliklar g'olib bo'lishgan. O'shanda Suhrob Nematov penaltidan gol urgan bo'lsa, Sardor Eminov ikkinchi golni urgan. Javob golini “Dinamo”dan Hakimxon Alamxonov kiritgan.

So'nggi uchrashuvlardagi natijalar:
02.05.2018. Surxon – Dinamo - 2:1
25.09.2004. Dinamo - Surxon - 1:0
03.05.2004. Surxon – Dinamo – 3:0
27.09.2003. Dinamo – Surxon - 3:0
26.04.2003. Surxon - Dinamo - 2:1
04.09.2002. Surxon – Dinamo - 2:0
18.05.2002. Dinamo – Surxon - 2:0
17.09.2001. Surxon – Dinamo - 1:0
04.05.2001. Dinamo – Surxon - 4:1
20.09.2000. Surxon – Dinamo - 5:3
29.04.2000. Dinamo – Surxon - 2:1
04.09.1999. Dinamo – Surxon - 1:1
18.05.1999. Surxon – Dinamo - 1:2.

 

Pro-Liga. A guruhi. 13-tur
7 iyun (payshanba)
“DINAMO” – “SURXON”
Samarqand, Dinamo stadion.
CHipta bahosi: 
7000 co'm.
O'yin boshlanish vaqti: 18:00.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика