"Dinamo" Superligada 13 yildan so'ng "Mashal"dan ustun keldi
16 mar 10:40
Yangiliklar


"Dinamo" Superligada 13 yildan so'ng "Mashal"dan ustun keldi
Uchrashuvda Mirjahon Mirahmadovning yagona goli maydon egalariga 1:0 hisobidagi g'alabani taqdim qildi. "Dinamo" shu tariqa 13 yildan so'ng Superligada "Mashal"dan ustun keldi. Samarqandliklar so'nggi bor elitada 2012 yil raqibidan ustun kelgan edi.
"Dinamo" - "Mashal" 2:0
21.04.2012. 5-tur. Samarqand, "Dinamo" stadioni. 10522 tomoshabin
Hakam: Ravshan Ermatov
Gollar: Leonid Koshelev 74, Ro'zimboy Ahmedov 81
"Dinamo": Andrey Melnichuk, Aleksandr Xvostunov, Ahrol Riskullaev, Andrey Eroxin, Jamol Otaqulov, Salim Mustafaev, Dilshod Jo'raev (Sunnatilla Mamadaliev, 62), Jasur Boboev (Umid Abdurahmonov, 88), Leonid Koshelev, Ro'zimboy Ahmedov (Zafar Polvonov, 85), Ivan Nagaev
"Mashal": Sanjar Quvvatov, Dilyaver Vaniev, Toni Lindberg, Ilya Fomichev, Alik Xaydarov, Eldor Ergashev, Gabit Sapargaliev (Shahzod Shaymanov, 85), Temur Dadashev (Bobur Davlatov, 79), Mirzohid G'ofurov (Sherzod Fayziev, 85), Igor Petkovich, Samandar Shodmonov
Keyingi 6 ta o'yinning 5 tasida muborakliklar 3 ochkoni qo'lga kiritgan, 1 ta bahs durang bilan yakunlangandi. Ikki jamoa esa Superligada 8 yildan so'ng to'qnash keldi. Oradagi tanaffuslar jamoalarning quyi ligalardagi ishtiroki bilan bog'liqdir.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar