So’nggi yangiliklar

10:11Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) энг қиммат футболчилар рейтингини янгилади  0 09:44Ўтган мавсум А Серияда 11 та гол урган ҳужумчи фаолиятини “Рома“да давом эттириши мумкин  0 09:17УEФА Чемпионлар Лигасининг янги мавсумида “Барселона“ни очколардан маҳрум қилиши мумкин  17 08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  9 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  12 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  9 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  30 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  1 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  3 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  4 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  11

"Dinamo" - "Paxtakor". 6 yillik anana buziladimi? Yangiliklar

"Dinamo" - "Paxtakor". 6 yillik anana buziladimi?

Teglar :  DinamoPaxtakor
Oliy Liga 18-turining etiborli o'yinlaridan biri Samarqandda o'tadi. Juma kuni Dinamo jamoasi muxlislari qarshisida Paxtakorga qarshi saf tortadi.

KIM QANDAY HOLATDA?

Ushbu uchrashuvdagi g'alaba har ikki jamoaga ham juda zarur. Dinamo ikkinchi davrani mag'lubiyat bilan (Metallurg va SHo'rtan) boshlagan bo'lsa, SHota Arveladze boshchiligidagi Paxtakor Navoiydan durang bilan qaytib, Toshkentda Neftchiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 6:0.

18-tur oldidan Dinamo turnir jadvalida ayni damda 19 ochko bilan 12-o'rinda borayotgan bo'lsa, Paxtakor 28 ochko jamg'argan holda 4-pog'onadan o'rin olgan. Dinamo O'zbekiston Kubogi yarim finaliga chiqqan bo'lsa, Paxtakor kubok bahslaridan chiqib ketgan.

SOBIQ JAMOASIGA QARSHI…

Dinamo jamoasi safidagi bir qator futbolchilar o'z vaqtida Paxtakor safida to'p surishgan. Jumladan, Temur Jo'raev, Aleksey Nikolaev, Farhod Tojievlar o'z vaqtida poytaxtliklar sharafini himoya qilishgan bo'lishsa, chernogoriyalik Adnan Oraxovac so'nggi uch mavsumni ushbu klub safida o'tkazayotgandi. Paxtakordan ijara asosida o'ynayotgan Saidjamol Davlatjonov bu turda Dinamoga yordam bera olmaydi.

Paxtakor etakchilaridan biri Jamshid Iskanderov esa Paxtakorgacha Oliy Ligadagi debyutini aynan Dinamoda nishonlab, Samarqandda faoliyat yuritgan. SHuningdek, Doston Ibragimov ham o'tgan mavsumni aynan Dinamo safida o'tkazib, bu yil Paxtakor safida harakat qilmoqda.

O'YIN RAVSHAN ERMATOVGA TOPSHIRILDI

Dinamo - Paxtakor uchrashuvini boshqarib borish FIFA referisi Ravshan Ermatovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Abdulhamid Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berib borishadi.

Oliy Liga. 18-tur. 18 avgust (juma)
Dinamo (Samarqand) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.



O'ZARO O'YINLAR: USTUNLIK KIMDA?

Dinamo va Paxtakor jamoalari Oliy Liga tarixida hozirga qadar 45 bor kuch sinashishgan. 35 uchrashuvda Paxtakor, 6 o'yinda Dinamo ustun kelgan. 4 o'yin durang bilan yakunlangan. To'plar nisbati – 92:23 ga teng, mehmonlar foydasiga. O'zaro o'yinlarda Paxtakor 109 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, Dinamo 22 ochkoni qo'lga kiritgan.

Paxtakorning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:0ga teng. Bu 2015 yilda qayd etilgan. Dinamoning eng yirik g'alabasi esa 2:0.

Dinamo 6 yildan buyon Paxtakorni Samarqanda mag'lub eta olmayapti. Ko'ramiz, birinchi davrada 16 yillik noxush ananani buzgan Dinamo endi 6 yillik noxush ananaga chek qo'ya olarmikan…

Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi olti uchrashuv:

07.06.2015 Dinamo - Paxtakor 0:1
26.04.2014 Dinamo - Paxtakor 1:2
18.10.2013 Dinamo - Paxtakor 1:2
08.04.2012 Dinamo - Paxtakor 0:1
05.08.2011 Dinamo - Paxtakor 0:0
26.10.2010 Dinamo - Paxtakor 2:1

FAKTLAR, RAQAMLAR…
Dinamo o'z maydonida bo'lib o'tgan 22 ta o'yinning 4 tasida zafar quchgan. To'rt marta durang qayd etilgan. “Paxtakor” Samarqanddan 14 bora uch ochko bilan qaytgan. Dinamo 2010 yildan buyon Paxtakorni Samarqandda mag'lub eta olmay kelmoqda.

SO'NGGI O'YIN: PAXTAKOR - DINAMO - 0:1
Jamoalarning so'nggi o'yini joriy mavsumning 3-turida Toshkentda o'tgandi. 12 mart kungi bahsda Samarqand jamoasi 16 yillik noxush ananaga chek qo'yib, safarda Paxtakorni mag'lub etib qaytgandi. O'shanda Dinamo jamoasini peshqadamga aylantirgan golga 88-daqiqada Radu Rogak mualliflik qilgandi.

ANONS:
Oliy Liga. 18-tur. 18 avgust (juma)
DINAMO - PAXTAKOR
Uchrashuv stadioni:
Dinamo Markaziy o'yingohi.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:00
O'yin chiptasi narxi: 7 000 co'm.

Dinamo klubi Matbuot xizmati.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика