So’nggi yangiliklar

08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  2 08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  7 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20

"Dinamo" O'zbekiston chempionati tarixidagi rekordini takrorladi Yangiliklar

"Dinamo" O'zbekiston chempionati tarixidagi rekordini takrorladi

Teglar :  Dinamo
Birinchi Liga 16-turi doirasida safarda Lokomotiv-BFK klubiga qarshi to'p surgan Dinamo jamoasi 8:0 hisobidagi yirik g'alabaga erishib, O'zbekiston chempionatlari tarixidagi rekordini takrorladi.
Uchrashuvdan hujumkor boshlagan vakillarimiz dastlabki bo'limning o'zidayoq yarimhimoyachilar Temur SHaripov, Azamat Bobojonov va Jonibek Ko'chimovning gollari evaziga o'yin taqdirini deyarli hal etib qo'yishdi, 0:3.

Ikkinchi bo'limda bir qator o'zgarishlar bilan maydonga tushgan samarqandlik futbolchilar shu kuni yosh Temiryo'lchilardan har tomonlama kuchli ekanliklarini amalda namoyon etishdi.

Tajribali himoyachi Aleksey Nikolaev ikkinchi taym boshida hisobni 0:4 ga etkazgan bo'lsa, ko'p o'tmay hujumchi Alisher Xoliqov hisobni 0:5 ko'rinishiga olib keldi. Murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan yosh goleador Amirjon Safarov o'yindagi xet-trikki evaziga hisobni 0:8 ga etkazib, jamoamizga mavsumdagi eng yirik natija – 8:0 hisobidagi g'alabani keltirdi.

Etiborlisi, Ilhom SHaripov boshchiligidagi jamoamiz O'zbekiston chempionati tarixidagi rekordi - eng yirik 8:0 hisobdagi g'alabani yana bir karra takrorlashdi. Bungacha, Dinamo 16 yil oldin - 2000 yilda Oliy Liga doirasida Angrenning Semurg' klubi ustidan xuddi shu hisobdagi g'alabani tantana qilgandi. Bu rekord Dinamochilar tomonidan yana takrorlangani yaxshi natija.

Birinchi Liga, 16-tur.

Lokomotiv-BFK - Dinamo - 0:8 (0:3)

Gollar:
T.SHaripov, A.Bobojonov, J.Ko'chimov, A.Nikolaev, A.Xoliqov, A.Safarov 3 ta.

Lokomotiv-BFK: 1. Bahodir Mirsoatov, 6. Abdulaziz Abduhamitov, 7. Sunnat Saidov, 8. Nikita Efremenko, 10. Ramziddin To'xtanazarov, 11. Rustam Yaraliev, 17. Hayot Sotvoldiev, 22. Azimjon Omonjonov, 23. Diyor Usmonxo'jaev, 24. Xojiakbar Haydarov, 27. SHoxruh Razzoqov.
Zaxira: 16. Ravshan Yagudin, 4. Jahongir Sakiev, 9. Muhammadjon Husanov, 13. SHoxruh Hikmatov, 15. SHavkat Raimqulov, 19. SHukurjon Mo'minov, 20. Xurshid Mo'minov.

Dinamo: 1. Mixail Naumov, 3. Bunyod Isroilov, 5. Firdavs Abdusalimov, 6. Akmal Bozorov, 7. Omadjon Tayloqov, 8. Jasur Azimov, 9. Viktor Klishin, 10. Azamat Bobojonov, 17. Aleksey Nikolaev, 22. Temur SHaripov, 24. Jonibek Ko'chimov.
Zaxira:
27. SHuhrat Murodov, 2. Mirkomil Loqaev, 12. Jasur Qurbonov, 18. Alisher Xoliqov, 19. Islom SHaripov, 20. Amirjon Safarov, 23. Komil SHarofutdinov.
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика