So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  13 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  3 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  2 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  2 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  8 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

"Dinamo" o'rtoqlik uchrashuvida "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi. Samarqandliklar tarkibida eronlik futbolchi maydonga tushdi Yangiliklar

"Dinamo" o'rtoqlik uchrashuvida "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi. Samarqandliklar tarkibida eronlik futbolchi maydonga tushdi

Pro ligaga tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" jamoasi Qarshida Superliga bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan "Nasaf" klubiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.

Dastlabki uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan bo'lsa, yoshartirilgan va bir qator futbolchilar sinovdan o'tkazilgan ikkinchi bahsda "dinamochilar" alamli tarzda mag'lubiyatga uchrashdi.

Uchrashuvda hisobni 49-daqiqada "Dinamo" futbolchisi Faxriddin Alimov ochgan bo'lsa, 60-daqiqada Ayubxonov chetlatigach, "dinamochilar" bir kishi kam bo'lib qolishdi. SHunga qaramay, 63-daqiqada samarqandlik 17 yoshli yarimhimoyachi Akmal Kozimov farqni ikkitaga etkazdi – 0:2.

O'yinning so'nggi daqiqaligida "dinamochilar"ning son jihatdan kamchilikda ekani o'z so'zini aytdi – 80 va 85-daqiqada qarshiliklar hisobni tenglashtirgan bo'lishsa, 90-daqiqada belgilangan penaltidan foydalanib o'rtoqlik o'yinida g'alabani ilib ketishdi – 3:2. 

Qayd etish joiz, shu kuni "Dinamo" safida eronlik 20 yoshli futbolchi Ag'o Muhammad Ali ko'rikdan o'tkazildi. Eronlik yarimhimoyachining harakatlari murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirsa, Ag'o Muhammad Ali "Dinamo" safida qolishi mumkin.

31 yanvar (yakshanba)

O'rtoqlik uchrashuvi. Qarshi

"Nasaf" – "Dinamo" – 3:2

Gollar: 80, 85, 90 penalti – Faxriddin Alimov 49, Akmal Kozimov 63.

"Dinamo": Umid Hamroev, Sarvar Abdusalomov, Asom Abdurahmonov, Oybek Jo'raev, Sardor Sadullaev, Javlon Malikov, Ag'o Muhammad Ali, Faxriddin Alimov, SH.Ayubxonov, Akmal Kozimov, Anvar Murodov.

CHetlatish: SH. Ayubxonov (Dinamo), 60.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика