"Dinamo" muxlislari Zominga otlanishmoqda
28 mar 2014 14:45
Yangiliklar

"Dinamo" muxlislari Zominga otlanishmoqda
Sevimli jamoasini Samarqanddagi o'yinlarda bo'lgani kabi, safar uchrashuvlarda ham yolg'izlatib qo'ymaydigan Dinamo muxlislari, odatdagidek navbatdagi safar uchrashuviga otlanishmoqda.
CHempionatning dastlabki turida yuzlab muxlislar Qarshida kechgan o'yinda Dinamoni qo'llab-quvvatlashgandi. SHuningdek, Samarqanddagi o'yinda ham ishqibozlarning noqulay ob-havoga qaramay futbolchilarni oldinga boshlashi Dinamoning chiroyli g'alabasiga zamin yaratgandi.
Xabaringiz bor, 3-tur doirasida Dinamo 29 mart kuni Zominda So'g'diyona mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinga borishni rejalashtirgan jamoa muxlislari shanba kuni soat 11:30da Dinamo stadioni oldida to'planib, 12:00da belgilangan avtobus bilan Zomin shahriga jo'nab ketishlari ko'zlanmoqda. Sizda ham bunday imkoniyat bor. O'yinda Dinamoni qo'llab-quvvatlashni istagan muxlislar bizga hamroh bo'lishlari mumkin.
Batafsil malumotlar uchun +99891 532 36 57, +99890 657 56 40, telefonlar raqamlariga murojaat etishingiz mumkin.

Fikrlar