"Dinamo" muxlislari Qarshiga borishadi
19 okt 2017 15:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/284029_original.jpg)
![](/upload/storage/284029_220.jpg)
"Dinamo" muxlislari Qarshiga borishadi
Dinamo jamoasini har qanday holatda ham yolg'iz qoldirmaydigan samarqandlik futbol muxlislari bu turda Qarshiga safar qilishadi.
Xabaringiz bor, sevimli Dinamo jamoasi Oliy Liga 25-turi doirasida Qarshida Nasaf jamoasi mehmoni bo'ladi. 20 oktyabr, juma kungi Nasaf - Dinamo uchrashuvida sevimli jamoamizni Qarshidagi Markaziy o'yingohida qo'llab-quvvatlashni istagan Dinamo ishqibozlari bizga hamroh bo'lishlari mumkin.
Dinamo ishqibozlari 20 oktyabr, juma kuni soat 13:45 da Xo'ja Ahrori Vali masjidi (Selskiy krugi) oldida to'planib, 14:00 da avtobus bilan Qarshi shahriga jo'nab ketishadi.
Batafsil malumot uchun, Dinamo muxlislari faoli SHavkat Burhonovga (+998 97 920 24 40) murojaat etishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Nasaf - Dinamo uchrashuvi 20 oktyabr kuni soat 18:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar