So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  7 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  17 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

"Dinamo" mavsumni Samarqandda boshlamaydi Yangiliklar

"Dinamo" mavsumni Samarqandda boshlamaydi

Bu haqda O'zPFL malum qildi.

2023 yilning 11 aprel sanasida Liga Samarqand viloyati futbol associaciyasi prezidenti nomiga xat yo'llagan bo'lib, unda 2024 yilgi mavsumda viloyat Superliga uchrashuvlarini qabul qila olmasligi malum qilingandi. 

SHunga qaramay, 2023 yilning 14 dekabr kuni Liga mutaxassislari Samarqand shahrida bo'lib, "Dinamo" stadionini yana bir bor o'rganib chiqdi. O'rganishlar xulosasi esa mavjud sharoit Superliga uchrashuvlarini o'tkazishga to'sqinlik qilishini yana bir bor tasdiqladi. 

"Dinamo" stadioniga 2012 yilda Sportmaster maysasi ekilgan. 5 ballik tizimda maysa sifati 3,5, maydonni parvarishlash darajasi 2, maysaning chidamliligi 1 ballga loyiq ko'rilgan. Maysa butun maydonning 90 foizigacha qismini egallagan va uning 30 foiz qismi asosiy rangdan farq qiladi. Ildiz uzunligi 7 sm. Suvning yutilib ketish darajasi bor-yo'g'i 10 foizni tashkil qiladi. Bu esa maydon drenaj tizimini to'liq yangilashni taqozo etadi. Maydonda yovvoyi maysalar hamda zararkunandalar mavjud. Tuproq mustahkamligi umumiy 10 balldan 1 balga loyiq ko'rilgan. 

SHuningdek, "Dinamo" stadionida maydonni parvarish qilish uchun mo'ljallangan eng zarur texnikalardan birortasi mavjud emas. Bu esa keyinchalik ham katta muammolarga sabab bo'lishi mumkin. "Dinamo" maydoni to'liq yangilangach, mazkur maydonni uzoq yillar bir maromda asrash uchun zarur texnikani xarid qilish lozim bo'ladi. 

Dinamo 10 yanvar sanasiga qadar Superliga uchrashuvlarini o'tkazish uchun boshqa stadion bilan uch tomonlama kelishuv imzolashi lozim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика