

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, bugun jamoaga "Qo'qon-1912 "dan Suhrob Nurulloev hamda "Mashal"dan tajribali futbolchi Eldor Boymatovlar kelib qo'shilgan. Ular umumiy guruh bilan birgalikda mashg'ulotlar o'tkazishgan. "Dinamo" jamoasi 13 avgust kuni navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Raqib kimligi esa hozircha aniq emas.



