So’nggi yangiliklar

15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7

"Dinamo" klubi muxlislar bilan uchrashdi Yangiliklar

"Dinamo" klubi muxlislar bilan uchrashdi

Teglar :  Pro-ligaDinamo
13 may, yakshanba kuni "Dinamo" stadioni konferenciyalar zalida "Dinamo" PFK futbolchilari, murabbiylari, rahbariyati hamda muxlislar o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu tadbirda jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev so'zga chiqib, muxlislar bilan uchrashuvni tashkil etishdan maqsad futbolchilar va muxlislar o'rtasida mustahkam ko'prik yaratish, mavjud qiyin holatdan chiqib ketishda muxlislarning o'rni haqida gapirdi.

O'z o'rnida ochiq muloqot shaklidagi savol-javobda muxlislar ham klub rahbariyati, murabbiylar va futbolchilarga o'zlarini qiziqtirayotgan savollar bilan birga, muammolar va jamoaning qoniqarsiz o'yini va salbiy natijasi borasidagi etirozlarini kuyunib gapirishdi.

Bunga javoban klub rahbariyati, murabbiylar va futbolchilar xatolar tahlil qilinganligi va hozirgi og'ir vaziyatdan chiqib ketish uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarflashga vada berishdi. SHuningdek, yozgi davralar oralig'ida jamoa tarkibida o'zgarishlar qilinib, tarkib kuchaytirilishini malum qilishdi.

Tadbir yakunida muxlislar hozirgi og'ir vaziyatdan chiqib ketishda bosh murabbiy Davron Fayziev va jamoa sardori Ilhom Yunusovga ishonch bildirib, ishqibozlar jamoani oxirigacha qo'llab-quvvatlashlarini, bunga javob tariqasida klub ham ijobiy natija tomon intilishiga umid bildirishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика