Dinamo yig'inni tog'da o'tkazmoqda
11 iyu 2014 18:08
Yangiliklar
Dinamo yig'inni tog'da o'tkazmoqda
Samarqandning Dinamo jamoasi 6 iyul kunidan boshlab Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni boshladi.
Kamo Gazarov boshchiligida o'tayotgan o'quv-yig'in mashg'ulotlari Samarqand shahridan 40 kilometr uzoqlikda bo'lgan Urgut tumani tog'-tizmalaridagi qarorgohimizda o'tkazilmoqda. Ushbu yig'inda murabbiylar asosiy etiborni futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratishgan.
6-16 iyul kungi o'quv-yig'inidan so'ng, jamoa Samarqandga qaytib ikki tomonlama nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
19 iyuldan esa jamoaning yig'ini Toshkentga ko'chib, poytaxtda ham bir haftalik yig'in tashkil etiladi. 26 iyul kuniga qadar davom etadigan yig'in mobaynida tarkibda o'zgarishlar bo'lishi ehtimoli mavjud. SHuningdek, nazorat o'yinlari ham rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Dinamo ikkinchi davrani 14-turda Nasaf jamoasiga qarshi Samarqandda o'tadigan o'yin bilan boshlaydi.

Fikrlar