So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

“Dinamo” gruziyalik Anton Tolordava bilan shartnomani bekor qilgani uchun tovon puli to'laydi Yangiliklar

“Dinamo” gruziyalik Anton Tolordava bilan shartnomani bekor qilgani uchun tovon puli to'laydi

Teglar :  Dinamo Samarqand
Yangi mavsum oldidan Samarqandning “Dinamo” klubi tarkibiga gruziyalik himoyachi Anton Tolordavani taklif etgandi.

Futbolchini dastlab ko'rikka chaqirmoqchi bo'lgan “Dinamo” futbolchi kelishidan avval unga tuziladigan shartnomani yuboradi. Futbolchi esa o'z navbatida mazkur shartnomani imzolaydi. 

So'ngra futbolchi O'zbekistonga keldi va 2024 yil 4 yanvar kuni “Dinamo” gruziyalik markaziy himoyachi Anton Tolordava bilan bir yillik shartnoma imzolaganini elon ham qilgandi. Keyinroq bu xabar klub ijtimoiy tarmoqlaridan negadir o'chib ketgan. 

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida 8 yanvarda “Dinamo” Toshkentda nazorat uchrashuvi o'tkazdi va “Lokomotiv” yoshlar tarkibiga qarshi kechgan o'yinda Anton Tolordava maydonga tushadi. Ammo u ko'rsatgan o'yin Samarqand jamoasi murabbiylar shtabiga yoqmaydi. “Dinamo” 17-29 yanvar kunlari Abu Dabi shahrida yig'in o'tkazadi va mazkur yig'inga ketish oldidan harakatlari bosh murabbiyga maqul kelmagan futbolchiga javob berib yuboriladi. 

“Dinamo” vakillari futbolchiga dastlab unga yuborilgan shartnomada klubning muhri va rahbari imzosi bo'lmaganini va shu sababli o'sha shartnoma hech qanday kuchga ega emasligini bildirishadi. Futbolchi esa faqatgina ko'rikka chaqirish niyati bo'lsa, klub unga nega shartnomani ham jo'natganini, qolaversa shartnoma klub tomonidan futbolchiga taqdim etildimi, demak u rasmiy kuchga ega bo'lishini bildirib, norozi holda FIFAga murojaat qiladi. 

21 mart kuni FIFA Nizolarni hal qilish palatasi gruziyalik futbolchi Anton Tolordava hamda “Dinamo” jamoasi o'rtasidagi ish yuzasidan qaror chiqardi. Qarorga asosan klub futbolchiga shartnoma bir tomonlama assosiz bekor qilingani uchun 22 ming AQSH dollari to'lashi lozim. Qaror klubga etkazilgan kundan boshlab 45 kun ichida uning ijrosi taminlashi lozim. Yo'qsa klubga nisbatan milliy va xalqaro miqyosda transfer taqiqi belgilanadi. 

Yodingizda bo'lsa, “Nasaf”da ham xuddi shunday holat yuz bergan va klubning noprofessional ish tutishi natijasi Qashqadaryo klubiga 100 ming dollarga  tushgandi. Umuman maydonga tushmay tovon puli olgan futbolchi Abdelae Diakite edi. “Nasaf” 2020 yilgi mavsumga tayyorgarlikni Antalyada o'tkazgan. Turkiya yig'inida franciyalik Abdelae Diakite ko'rikdan o'tgan. Diakite murabbiylar shtabiga maqul kelmagan va unga javob berib yuborilgan. Biroq futbolchi o'zbek klubining ustidan FIFAga arz qilgan. Antalyada “Nasaf” vakillari Diakitega 1 yillik shartnoma taklif etishgan. Ammo, malum muddatdan keyin bitim bir tomonlama bekor qilinganini aytib, uni ketkazib yuborishgan. Diakite esa FIFAga arz qilgan. Natijada klub Abdelaening hisob raqamiga 100 ming dollar atrofida mablag' o'tkazib berishi shart, deb topilgandi. Oxir-oqibat “Nasaf” klubi vakillari Abdelae Diakite bilan tinchlik bitimi imzolab, uni pulni bo'lib to'lashga rozi qilishgandi. O'zbekistonga xatto qadami etmagan futbolchi, klubdagi noprofessionallar tufayli juda katta miqdorda tovon olgandi. 

Endi xuddi shunday ish “Dinamo”da ham takrorlanmoqda.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика