Dinamo Erkin Boydullaev bilan 2023 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi
19 iyu 2022 18:19
Yangiliklar
Dinamo Erkin Boydullaev bilan 2023 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi
Superliga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
«Dinamo» PFK Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi, jamoaning sobiq o'yinchisi Erkin Boydullaevni klubga qaytardi. Klub rahbariyati tajribali yarimhimoyachiga ishonch bildirib, 2023 yilning oxiriga qadar 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
2011 yilda «Dinamo»ni tark etgan Erkin Boydullaev o'tgan yillar davomida «Nasaf», AGMK va «Qizilqum» klublari sharafini himoya qilib, jamoasining etakchisiga aylana olgandi. Avvalgi mavsumlarda Navoiy klubi sardori bo'lgan 37 yoshli yarimhimoyachi «Dinamo» safiga erkin agent sifatida qo'shildi.
Fikrlar