So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Dinamo Buxoro bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Dinamo Buxoro bilan durang o'ynadi

Teglar :  BuxoroDinamo
Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi Toshkentda navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bu safar Davron Fayziev shogirdlari Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostidagi “Buxoro” klubiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda ikki tomon ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.

O'yinni hujumkor boshlagan Samarqand jamoasi vakillari 14-daqiqada hisobni ochishdi. Himoyachi Hakimxon Alamxonovning bosh bilan yo'llagan zarbasi Samarqanddan Qibrayga etib kelgan muxlislarning olqishiga sabab bo'ldi, 1:0.

Goldan keyin «Buxoro» jamoasi ham hujumkorlikni oshirdi. Natijada 34-daqiqada hozirda “Buxoro” safida to'p surayotgan “Dinamo”ning sobiq futbolchisi Doston Ibragimov muvozanatni tikladi, 1:1.

Ikkinchi bo'limda ikki murabbiy ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazishdi. Bahs yakuniga qadar samarqandliklar safidan Otabek Narzullaev, Dilmurod Karimov, Nozim Umurovlarda, buxoroliklar tarkibidan Akrom Bahriddinov, Rahmatulla Berdimurodovlarda ham hisobni o'zgartirish imkoniyat bor edi. Tengkurashlar ostida kechgan bahs o'yinga mos natija bilan yakunlandi – 1:1.

«Dinamo» jamoasining Toshkentdagi yig'ini davom etadi.

Nazorat uchrashuvi.

12 fevral (ceshanba). Qibray

“DINAMO” – “BUXORO” – 1:1

Gollar: 
Hakimxon Alamxonov 14 – Doston Ibragimov 34.

«Dinamo»: SHohruh Eshbo'taev, Akmal Xolmurodov, Hakimxon Alamxonov, Mirkomil Lokaev, Avaz Agaliev, Komil SHarofutdinov, Damir Temirov, Sardor Eminov, Obid Hakimov, Sanjar Barotov, Vohid SHodiev. 

«Dinamo»: (2-bo'lim): Akrom Xo'jaev, Otabek Narzullaev, SHerzod Jalilov, Jasur Urinov, Dilmurod Karimov, Sunnatilla Abdullajonov, Mirzakamol Kamolov, Bobur Qosimov, Temur SHaripov, Qadamboy Nurmetov, Nozim Umurov.

«Buxoro» (1-bo'lim): N.Ashurmatov, A.Kulesha, R.Ochilov, T.SHamsiddinov, J.Ubaydullaev, B.SHodmonov, A.Jo'raev, A.Sobirjonov, D.Ibragimov, M.Muhiddinov, A.To'raev.


“Dinamo”ning 3 va 4-yig'indagi nazorat uchrashuvlarida qayd etgan natijalari:

25 yanvar. Qibray
“Metallurg” – “Dinamo” – 1:0

26 yanvar. Toshkent

“Bunyodkor” – “Dinamo” – 2:1

1 fevral. Navoiy
“Qizilqum” – “Dinamo” – 2:3

2 fevral. Qarshi
“Nasaf” – “Dinamo” – 0:0.

8 fevral. Toshkent.
“Bunyodkor” - “Dinamo” – 1:2

10 fevral. Toshkent.
“Dinamo” – “Qiron”(Qozog'iston) – 0:0
“Dinamo” – “Mashal” – 0:0

12 fevral. Qibray
“Dinamo” – “Buxoro” – 1:1.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика