So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

"Dinamo" "Bunyodkor", "Buxoro" va Qozog'iston klubi bilan o'ynaydi Yangiliklar

"Dinamo" "Bunyodkor", "Buxoro" va Qozog'iston klubi bilan o'ynaydi

“Dinamo” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi 4-yig'inni 5 fevraldan Toshkentda boshladi.

Ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida murabbiylar shtabi yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish va nazorat uchrashuvlari rejalashtirilgan. Xususan, 8 fevral kuni “Dinamo” “Bunyodkor” jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 10 fevral kuni Qozog'istonning “Qiron” klubi, 12 fevralda esa “Buxoro” jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish ko'zda tutilgan.

Ushbu yig'in 5 fevraldan 18 fevralgacha davom etib, so'ng futbolchilarga ikki kunlik dam beriladi. 21 fevraldan “Dinamo” yana Toshkentda tayyorgarlik ishlarini davom ettiradi.

Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, “Dinamo” jamoasi safida bir necha yil to'p surgan Jasur Azimov klub bilan xayrlashdi. “Dinamo” bilan shartnomasi yakuniga etgan samarqandlik futbolchi “Navbahor” klubi bilan shartnoma tuzdi.

O'tgan mavsumdan buyon “Dinamo” klubida “Mashal”dan ijara asosida to'p surib kelgan darvozabon SHohruh Eshbo'taev jamoamizning to'laqonli azosiga aylandi. Darvozabon “Dinamo” bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.

“Dinamo” jamoasining 4-yig'indagi nazorat uchrashuvlari:

8 fevral. Toshkent.
“Bunyodkor” - “Dinamo”

10 fevral. Toshkent.
“Dinamo” – “Qiron”

12 fevral. Toshkent
“Dinamo” – “Buxoro”

“Dinamo” jamoasining 3-yig'in o'tkazgan nazorat uchrashuvlari:

25 yanvar. Qibray
“Metallurg” – “Dinamo” – 1:0

26 yanvar. Toshkent
“Bunyodkor” – “Dinamo” – 2:1

1 fevral. Navoiy
“Qizilqum” – “Dinamo” – 2:3

2 fevral. Qarshi
“Nasaf” – “Dinamo” – 0:0.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика