Dinamo bugun So'g'diyonaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
09 iyu 2019 17:33
Yangiliklar
Dinamo bugun So'g'diyonaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
FIFA kunlari munosabati bilan Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Dinamo jamoasi Jizzaxning So'g'diyona klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Davron Fayziev va Ulug'bek Baqoev shogirdlari o'rtasidagi uchrashuv 9 iyun, yakshanba kuni «Dinamo» stadionida o'tadi. O'yin soat 17:45 da boshlanadi. Nazorat bahsi uchun chiqarilgan chiptalar o'yingoh kassasida 5 ming so'mdan sotilmoqda.
O'rtoqlik uchrashuvi.
9 iyun (yakshanba)
DINAMO - SO'G'DIYONA
O'yin vaqti: 17:45
Samarqand, Dinamo stadioni.
Fikrlar