So’nggi yangiliklar

16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  1 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  3 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  3 15:28Клопп қайтмоқда!  4 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  19 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  6 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  1 14:05"Пахтакор" Абдуманноповнинг дубли эвазига "Локо"ни таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:55Элит ОЧЛ. "Пахтакор"нинг 1-турдаги рақиби сафидаги энг машҳур легионер ким? У Жаҳон ва Европа чемпионатларида гол урган  6 13:42Елкасидан жароҳат олган Сардор Рашидовнинг ҳолати қандай?   10 13:25Наманган вилояти ҳокими ўринбосари "Навбаҳор"га ҳомийлик учун пул олиб, шахсий манфаатларига ишлатиб юборгани аниқланди  40 12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  8 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  2

"Dinamo": Birinchi davraning eng yaxshi futbolchilari kim? Yangiliklar

"Dinamo": Birinchi davraning eng yaxshi futbolchilari kim?

Teglar :  Dinamo
Birinchi Ligada dastlabki davra o'yinlari rasman o'z nihoyasiga etdi.

18-tur davom etgan bahslarda jamoalar 16 tadan o'yin o'tkazishdi. Davra yakunlariga ko'ra, Dinamo jamoasi yakka peshqadam sifatida turnir jadvalini boshqarib turibdi. Quyida Samarqand klubining birinchi davradagi natijalarini sarhisob qildik.

LIGADAGI ENG YAXSHI KO'RSATKICH

Kutilganidek, Dinamo Birinchi Liganing eng yaxshi jamoasi bo'lib turibdi. Ilhom SHaripov qo'l ostidagi jamoa 16 o'yinda 14 g'alaba, bir mag'lubiyat va durangga erishib, 43 ochko bilan yakkahokimlik o'rnatgan. To'plar nisbati 44-10 bo'lib, Dinamo eng ko'p gol urgan va eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi. Jamoa ketma-ket 14 o'yindan buyon faqat g'alaba qozonmoqda. Jadvalda 2-3-o'rinlarni band etgan UzDongJu va Cementchi jamoalari 36 va 35 ochkodan to'plashgan.

ENG YAXSHI TO'PURAR – AMIRJON SAFAROV

Samarqandlik 21 yoshli hujumchi Amirjon Safarov Birinchi Liganing joriy yilgi kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Dinamo safida Viktor Klishin va Alisher Xoliqov singari tajribali hujumchilar to'p surishsada, Amirjon Safarov jamoaning birinchi davradagi eng yaxshi hujumchisi bo'ldi. Umumiy 15 o'yinda maydonga tushgan yosh hujumchi jamoasining 11 ta goliga mualliflik qilib, eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi. U jamoasining 25 foiz goliga mualliflik qildi. Etiborlisi, Amirjon asosan zaxiradan maydonga tushib shuncha gol urishga erishgan. Yani, u birinchi davradagi 15 o'yinda umumiy 625 daqiqa (44% o'yin vaqti) davomida to'p surib, o'rtacha har 55 daqiqada gol urgan. Yosh hujumchi ikkinchi davrada ham ushbu sermahsullikni yanada oshirish imkoniyatiga ega. Eng ko'p gol urish borasida, Alisher Xoliqov 13 o'yindagi 619 daqiqada davomida 6 ta gol urgan bo'lsa, yarimhimoyachilar Omadjon Tayloqov va Azamat Bobojonovlar 5 tadan golga mualliflik qilishgan.

ENG YAXSHI ASSISTENT – JONIBEK KO'CHIMOV

Joriy yilgi mavsumning yana bir kashfiyoti bu – Jonibek Ko'chimovdir. O'tgan yillar davomida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasida to'p surib, Temur Olimxo'jaev qo'l ostida to'purarlik mahoratini namoyish etgan Jonibek bu yil Dinamoning asosiy tarkibidan o'rin olib, gollarga assistentlik qilish borasida ancha faollik namoyish etmoqda. 18 yoshli tezkor yarimhimoyachi 15 o'yinda umumiy 1049 daqiqa to'p surib, 4 ta gol urish bilan birga jamoadoshlarining 8 ta goliga hammualliflik qilishga erishdi. Ko'chimovning birinchi davradagi umumiy o'yin amaliyoti 72 % ga tengdir. 18 yoshli futbolchi ikkinchi davrada natijalarini yanada yaxshilashiga umid qilsa bo'ladi.

ENG KO'P O'YIN O'TKAZGAN FUTBOLCHI – MIXAIL NAUMOV

Birinchi davra davomida Dinamo jamoasida eng barqaror o'yin namoyish etgan futbolchi Mixail Naumov bo'ldi. 31 yoshli tajribali darvozabon barcha 16 o'yinda maydonga tushib, 1391 daqiqa davomida darvozasini qo'riqlagan. 16 o'yindagi maksimal vaqt 1440 daqiqa deb hisoblasak, Naumov birinchi davrada 96 % foiz vaqt davomida maydonda bo'lgan. Bu Dinamo jamoasidagi eng yaxshi natijadir. Mixail shuningdek, Birinchi Ligada eng kam gol o'tkazib yuborgan darvozabon bo'lib turibdi. U 16 o'yinda umumiy 10 ta gol o'tkazib yuborgan.

Eng ko'p vaqt davomidagi o'yin borasida keyingi uchta o'rinni Dinamo himoyachilari band etishgan. Tajribali himoyachi Aleksey Nikolaev 15 bahsda 1308 daqiqa (90%) to'p surib, jamoasining 3 ta goliga mualliflik qilgan. 21 yoshli himoyachi Bunyod Isroilov – 16 o'yinda 1298 daqiqa (89%) to'p surgan bo'lsa, jamoa sardori Akmal Bozorov esa 15 o'yinda 1295 daqiqa (89%) davomida jamoasi sharafini munosib himoya qilgan.

ENG YOSH VA ENG TAJRIBALI FUTBOLCHI KIM?

2016 yilgi mavsumda klub rahbariyati Dinamo jamoasining asosi mahalliy futbolchilardan tashkil etilishiga katta etibor qaratishdi. SHu bois, jamoa asosini samarqandlik yosh futbolchilar va tajribali o'yinchilar tashkil etadi. Joriy yilgi tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, birinchi davrada jamoamiz safidagi eng yosh futbolchi bu Jonibek Ko'chimov bo'ldi. 1998 yilda tug'ilgan yarimhimoyachi 12 may kuni 18 yoshni qarshi oldi. Tarkibdagi eng tajribali futbolchi esa Aleksey Nikolaevdir. Bo'ydor himoyachi 5 sentyabr kuni 37 yoshni qarshi oladi. Qayd etish joizki, ushbu himoyachi o'z gollari va o'yini bilan Dinamoning 1-davradagi muhim futbolchilaridan biri bo'ldi.

Usmon IBODOV

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика