So’nggi yangiliklar

20:19Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  0 20:08Осиё Кубоги саралаши. Лаос - Ўзбекистон  0 20:00"Динамо" – "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  5 20:00Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Олимпик-MobiUz", "Хоразм" – "Навбаҳор"  2 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  1 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  16 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  11 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  2 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  1 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  4 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  7 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  6 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2

Dinamo - Andijon: Olti ochkolik o'yin Yangiliklar

Dinamo - Andijon: Olti ochkolik o'yin

Teglar :  Dinamo Andijon
Superliga 20-turi doirasidagi etiborli qarama-qarshiliklardan biri Samarqandda o'tadi.

Joriy mavsum debyutantlari sanalmish «Dinamo» va «Andijon» klublari o'zaro ro'baro' kelishadi.

Superliga. 20-tur.
20 sentyabr (juma)
“DINAMO” - “ANDIJON”
O'yin boshlanish vaqti: 16:15
Samarqand, “Dinamo” stadioni.


Joriy mavsumda...
“Dinamo” jamoasi ayni damda 18 ochko bilan 11-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “Andijon” 17 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda. Bu o'yindagi g'alaba ikki tomon uchun ham juda zarur. Ikki klub ham turnir jadvalidagi “xavfli zona”dan qochish uchun bor kuch va imkoniyatini ishga solishi aniq. Zero, bu bahs ikki klub uchun ham 6 ochkolik o'yin sanaladi.

Ushbu jamoalar 1-davrada Andijonda to'qnash kelib, 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etishgandi. SHu kuni mezbonlardan Abror Xusinov va SHahzodbek Ubaydullaev, “dinamochilar”lardan esa SHohruh Abdurahmonov va Mirkomil Lokaevlar gol muallifiga aylanishgandi.

SHuningdek, O'zbekiston Liga Kubogi chorak finali doirasida 14 avgust kuni “Dinamo” Samarqandda “Andijon”ga qarshi o'yin o'tkazgandi. O'shanda Bahodir Nasimovning “dubli” “Dinamo”ga yarim final yo'llanmasini taqdim etgandi.



Eski tanishlar…
Har ikki jamoa tarkibida ham bir qator futbolchilar borki, ular avval raqib jamoa safida to'p surishgan. Xususan, “Andijon” tarkibidagi Ildar Mamatkazin (2014-15 yillar), Ro'zimboy Ahmedov (2012-13), Doniyor Ismoilov (2017) kabi futbolchilar “Dinamo” sharafini himoya qilishgan.
“Dinamo” tarkibidagi Qadamboy Nurmetov, Siroj Hamroev, Obid Hakimovlar esa avvalgi yillarda “Andijon” jamoasida faoliyat yuritishgan.

O'zaro o'yinlarda ustunlik kimda?
“Andijon” va “Dinamo” Oliy Liga tarixida 41 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 14 tasida andijonliklar g'olib bo'lishgan. 9 o'yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar Oliy Ligada “Andijon”ni 18 marta mag'lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Andijon” darvozasiga 64 ta gol kiritgan. “Andijon”ning gollari esa 53 ta. “Burgutlar” o'zaro o'yinlarda 51 ochko ishlab olishgan bo'lsa, “Arslonlar” 63 ochkoni qo'lga kirita olishgan. “Dinamo”ning Oliy Ligada “Andijon” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1ni tashkil qiladi. “Andijon”ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa – 4:1ga teng.



O'zaro so'nggi uchrashuvlar:
Liga Kubogi. 14.08.2019. «Dinamo» - «Andijon» 2:1
Superliga. 05.05.2019. «Andijon» - «Dinamo» 2:2
Pro-Liga. 18.05.2018. «Dinamo» - «Andijon» 1:1
Pro-Liga. 30.09.2018. «Dinamo» - «Andijon» 0:0
2017 yil – «Andijon» quyi ligada.
2016 yil – «Dinamo» quyi ligada.

Oliy Liga
05.11.2015 «Andijon» - «Dinamo» 1:1
26.06.2015 «Dinamo» - «Andijon» 2:1
12.04.2014 «Andijon» - «Dinamo» 2:3
2013 yil – «Andijon» quyi ligada.
19.10.2012 «Dinamo» - «Andijon» 3:0
14.04.2012 «Andijon» - «Dinamo» 0:3
25.08.2011 «Andijon» - «Dinamo» 2:0
21.05.2010 «Dinamo» - «Andijon» 3:1
14.08.2010 «Andijon» - «Dinamo» 1:0
03.10.2009 «Andijon» - «Dinamo» 2:0
25.04.2009 «Dinamo» - «Andijon» 1:1.

O'zaro o'yinlar haqida fakt…
“Dinamo” jamoasi O'zbekiston chempionati tarixida faqat bir marta Andijon jamoasiga mag'lubiyatga uchragan. 1993 yilgi mavsumda “Navro'z” deya atalgan “Andijon” klubi o'shanda “Maroqand” nomi bilan atalgan “Dinamo” jamoasini Samarqandda 0:1 hisobida mag'lub etib qaytgan. Oradan o'tgan 26 yildan buyon “Dinamo” bu jamoaga Samarqandda mag'lub bo'lgani yo'q.


Dinamo

Superliga. 20-tur

20/09/2019, 16:15

1
:
0
Tugadi

Andijon

Shahzod Ubaydullayev - 42'

45'
90'
46'  Abbos Shodmonov (Bahodir Nasimov)
53'  Qadamboy Nurmetov (SHohruh Abdurahmonov)
66'  Sardor Eminov (Komil Sharofutdinov)
14'  Boburjon Akbarov
19'  Robbim Hasanov
42'  Shahzod Ubaydullayev
48'  Shahzod Ubaydullayev
50'  Oybek Qilichev
68'  Oybek Qilichev (Ro’zimboy Ahmedov)
81'  Abror Xusinov (Jalil Kimsanov)
89'  Xushnudbek Avilov


Usmon Ibodov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика