"Dinamo" 9-15 mart kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi
09 mar 2018 11:17
Yangiliklar
"Dinamo" 9-15 mart kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi
Toshkentdagi dastlabki yig'inni 5 mart kuni yakunlab Samarqandga qaytgan “Dinamo” jamoasi ikki kunlik xordiqdan keyin bugun yana poytaxtga yig'in o'tkazish uchun jo'nab ketdi.
6 mart kuni Samarqandda jamoa futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bugun 9 mart, juma kuni “Dinamo” yana Toshkentda yig'in o'tkazish uchun jo'nadi. Klub 9-15 mart kunlari poytaxtimizda bo'lib, nazorat bahslarida maydonga tushadi. Tayyorgarlik jarayonida tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin. “Dinamo” 16 mart kuni yana Samarqandga qaytib, Pro-Liga bahslariga so'nggi tayyorgarliklarni o'z qarorgohida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Pro-Liga dastlabki turi doirasida G'uzorda “SHo'rtan” jamoasi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 25 mart, yakshanba kuni o'tkaziladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar