"Dinamo" 9-15 mart kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2018, 11:17
Toshkentdagi dastlabki yig'inni 5 mart kuni yakunlab Samarqandga qaytgan “Dinamo” jamoasi ikki kunlik xordiqdan keyin bugun yana poytaxtga yig'in o'tkazish uchun jo'nab ketdi.

6 mart kuni Samarqandda jamoa futbolchilari tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bugun 9 mart, juma kuni “Dinamo” yana Toshkentda yig'in o'tkazish uchun jo'nadi. Klub 9-15 mart kunlari poytaxtimizda bo'lib, nazorat bahslarida maydonga tushadi. Tayyorgarlik jarayonida tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin. “Dinamo” 16 mart kuni yana Samarqandga qaytib, Pro-Liga bahslariga so'nggi tayyorgarliklarni o'z qarorgohida o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” Pro-Liga dastlabki turi doirasida G'uzorda “Sho'rtan” jamoasi mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 25 mart, yakshanba kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz