"Dinamo" 6, Abramov 3 yildan so'ng "Paxtakor"ni mag'lub etdi

Iskandarov Abdulaziz
2 avg 2023, 10:20
Kecha O'zbekiston kubogi nimchorak final doirasida Samarqandda "Dinamo" "Paxtakor"ni qabul qildi.

Gollarga boy o'tgan o'yinda mezbonlar raqibini 3:2 hisobida taslim qildi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Shu tariqa "Dinamo" 6 yildan so'ng "Paxtakor"dan uch ochko olishga erishdi. So'nggi marotaba jamoa 2017 yil Oleg Tyulkin boshchiligida Toshkentda "sherlar"dan ustun kelgan edi (1:0). 

Vadim Abramov bosh murabbiyi sifatida so'nggi bor 2020 yil "Bunyodkor" ustozi sifatida 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia