So’nggi yangiliklar

00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  8 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7

"Dinamo" - 2017: Eng, eng, eng... Yangiliklar

"Dinamo" - 2017: Eng, eng, eng...

Teglar :  DinamoJasur Azimov
Dinamo klubi matbuot xizmati o'z ananasiga binoan, jamoaning 2017 yilgi mavsum yakunlari sarhisobi bilan tanishtirib boradi.

ENG KO'P O'YIN – JASUR AZIMOV

2017 yil davomida «Dinamo» safida eng ko'p vaqt davomida maydonda to'p surgan futbolchi Jasur Azimov bo'ldi. Yil davomida chap qanot himoyasi va tayanch yarim himoyachisi sifatida to'p surgan 23 yoshli futbolchi 25 ta o'yinda maydonga tushib, 2202 daqiqa davomida harakat qilgan. Bu vaqt davomida Azimov 2 ta gol urish bilan birga 10 marta bosh hakam tomonidan ogohlantirilgan.

Bu borada ikkinchi o'rinda SHohruh Xolmatov qayd etildi. 24 yoshli himoyachi 22 o'yinda 1882 daqiqa to'p surib, 5 ta sariq kartochka va 1 marta qizil kartochka bilan «siylangan». Kubok doirasida esa 1 ta gol, 2 sariq va 1 ta qizil kartochka olgan.

Eng ko'p o'ynagan uchinchi futbolchi moldavalik Radu Rogak bo'ldi. 22 yoshli himoyachi 22 o'yinda 1841 daqiqa davomida to'p surib, 1 ta gol va 1 sariq kartochka olgan.

SHuningdek, 22 yoshli himoyachi Mirkomil Lokaev 1817, darvozabon Mixail Naumov 1800, Akmal Bozorov 1736 daqiqa davomida to'p surgan va 2 ta gol muallifiga aylangan.

ENG KO'P GOL – AMIRJON SAFAROV

2017 yilgi mavsumda «Dinamo» 21 marta raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu maqtovga arzigulik ko'rsatkich bo'lmasada, gollar muallifini keltiramiz.

Mavsum davomida 24 o'yinda maydonga tushib, 1470 daqiqa to'p surgan Amirjon Safarov 4 ta golga mualliflik qildi. 2016 yilda Birinchi Ligada to'purar bo'lgan 22 yoshli hujumchi bu yil «Buxoro», «So'g'diyona» (2 ta) va «Neftchi» singari jamoalar darvozasini ishg'ol etishga erishdi.

SHuningdek, Abdumalik Abdullaev, Sardor Sulaymonov, Jasur Azimov, Akmal Bozorov, Javohir Qahramonov va himoyachi Adnan Oraxovaclar 2 martadan «Dinamo» raqiblari darvozasini ishg'ol etishgan. Radu Rogak, Iskandar Xolmirzaevlar hisobida bittadan gol bo'lsa, yana bitta gol «Metallurg» bilan mavsumdagi ilk o'yinda avtogol sifatida qayd etilgan.

ENG KO'P GOLLI «PAS» - JAVOHIR QAHRAMONOV

«Dinamo» safida mavsum davomida eng ko'p golli «pas» uzatgan futbolchi Javohir Qahramonov bo'ldi. 21 yoshli yarimhimoyachi Samarqandda yarim yil faoliyat olib borgan bo'lishiga qaramay, 13 o'yinda maydonga tushib, 1067 daqiqa davomida jamoadoshlarining 6 ta goliga assistentlik qilgan. SHu bilan birga «Dinamo» safida birinchi davrada 2 ta gol urgan.

ENG KO'P OGOHLANTIRISH – JASUR AZIMOV

«Dinamo» jamoasi safida eng ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lgan Jasur Azimov hakamlar tomonidan ham eng ko'p «siylangan» futbolchidir. Jasur o'tkazgan 25 o'yini davomida 10 marotiba bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.

Keyingi o'rinda birdaniga uch futbolchi joy olgan. Himoyachi SHohruh Xolmatov, Adnan Oraxovac va hujumchi Farhod Tojiev 5 martadan ogohlantirilgan. Qolaversa, Xolmatov «Olmaliq» - «Dinamo» o'yinida qizil kartochkaga ham loyiq topilgan.

SHuningdek, Amirjon Safarov – 4 marta, Doniyor Ismoilov va Damir Nizanovlar 3 martadan sariq kartochka olishgan.

ENG YOSH VA ENG YOSHI KATTA…

Qayd etish joiz, «Dinamo»ning bu yilgi tarkibi yosh jihatdan jamoaning Oliy Liga tarixidagi eng yosh tarkibi bo'ldi.

Jumladan, joriy mavsumda jamoa safida Saidjamol Davlatjonov (19 yosh), Jasur Qurbonov (20 yosh), Abdujamol Isroilov (20 yosh), Hakimxon Alamxonov (21 yosh), Javohir Qahramonov (21 yosh), Mirkomil Lokaev (21 yosh) singari futbolchilar debyutlarini nishonlashdi. Jumladan, 1997 yilda tug'ilgan Saidjamol Davlatjonov «Dinamo» safida 2017 yilda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi.

Jamoa safida harakat qilgan eng yoshi katta futbolchi Aleksey Nikolaev bo'ldi. 1979 yilda tug'ilgan tajribali himoyachi bu yil 38 yoshni qarshi oldi.




«Dinamo» klubi matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика