Dinamo 13 aprel kuni yangi futbolchilarni tanishtiradi
12 apr 2018 14:16
Yangiliklar
Dinamo 13 aprel kuni yangi futbolchilarni tanishtiradi
Yangi mavsumda Pro-Ligadan Superligaga chiqishni maqsad qilgan “Dinamo” jamoasi yangi futbolchilar taqdimoti va muxlislar bilan uchrashuv o'tkazadi.
Xabaringiz bor, “Dinamo” klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini imkon qadar kuchaytirib, Pro-Liga bahslariga puxta tayyorgarlik ko'rdi. Jamoaning Samarqanddagi dastlabki uchrashuvi oldidan klub yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiradi. SHu kungi tadbirda “Dinamo” jamoasining barcha futbolchilari, murabbiylari ishtirok etib, yangi futbolchilar keng ommaga tanishtiriladi. Jurnalistlar hamda muxlislarda jamoa futbolchilari va murabbiylarga o'z savollari bilan murojaat etish imkoniyati bo'ladi.
Tanishtiruv marosimi 13 aprel juma kuni, soat 11:00 da shahrimizdagi “Biznes Centr” binosi zalida (mo'ljal - Motamsaro ona haykali ro'parasida) o'tkaziladi. Tadbirga barcha OAV xodimlari va muxlislarni taklif etamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar