Dinamo 13 aprel kuni yangi futbolchilarni tanishtiradi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2018, 14:16
Yangi mavsumda Pro-Ligadan Superligaga chiqishni maqsad qilgan “Dinamo” jamoasi yangi futbolchilar taqdimoti va muxlislar bilan uchrashuv o'tkazadi.

Xabaringiz bor, “Dinamo” klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini imkon qadar kuchaytirib, Pro-Liga bahslariga puxta tayyorgarlik ko'rdi. Jamoaning Samarqanddagi dastlabki uchrashuvi oldidan klub yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiradi. Shu kungi tadbirda “Dinamo” jamoasining barcha futbolchilari, murabbiylari ishtirok etib, yangi futbolchilar keng ommaga tanishtiriladi. Jurnalistlar hamda muxlislarda jamoa futbolchilari va murabbiylarga o'z savollari bilan murojaat etish imkoniyati bo'ladi.

Tanishtiruv marosimi 13  aprel  juma  kuni,  soat  11:00 da shahrimizdagi “Biznes Centr” binosi zalida (mo'ljal - Motamsaro ona haykali ro'parasida) o'tkaziladi. Tadbirga barcha OAV xodimlari va muxlislarni taklif etamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz