So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Dilyaver Vaniev: "Keyingi o'yinda jiddiy rotaciyalarni amalga oshiramiz" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Keyingi o'yinda jiddiy rotaciyalarni amalga oshiramiz"

Pro-liga qoldirilgan 4-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta “SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinda mag'lub bo'ldik, xatolarimiz bor. Ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik etishmadi. "Mashal" libosida maydonga tushdingmi, shunga mos harakat qilishing kerak. Yosh bolalarcha xatolarga yo'l qo'ydik.

Navbatdagi o'yinda tarkibda rotaciyalarni amalga oshiramiz. Asosiy xato to'pni qabul qilish va uzatmalarda yuzaga keldi. Ikkinchi golda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Hozir o'yin emociyasida qanday izoxlashga ham xayronman. Takror aytaman, keyingi turda jiddiy rotaciyalarga qo'l uramiz.

- "Mashal"ning so'ngi o'yinlarda "SHo'rtan" bilan o'yinlaridagi natijalari salbiy. Buni qanday izoxlaysiz?

- "SHo'rtan" g'alaba qozonayotgan bo'lsa, demak bizga mahorat etishmagan hisoblanadi. Statistikalar bu erda ahamiyatsiz, biz doim ham "SHo'rtan"ga mag'lub bo'lib kelayotganimiz yo'q.

- Bugun 2 ta gol urgan Muhriddin Zoirov "Mashal" ko'rigida bo'lgan. Biroq tarkibga jalb etilmaganini sababi nima?

- Bu futbolchining o'z hohishiga ko'ra edi. Uning qarori shunday ekan, biz buni o'zgartira olmaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика