Dilyaver Vaniev futbolchilik faoliyatini yakunladi
03 noy 2014 10:03
Yangiliklar
Dilyaver Vaniev futbolchilik faoliyatini yakunladi
Ko'p yillik "Mashal"ning sodiq futbolchisi Dilyaver Vaniev futbolchilik faoliyatini yakunladi.
40 yoshni qarshi olayotgan himoyachi faoliyatini so'ngi sakkiz yilini "Mashal"da o'tkazdi. Jamoaning qiyin va quvonchli kunlarida jamoa bilan birga bo'ldi. Kecha Dilyaver Vaniev klub safida futbolchi sifatida eng so'nggi uchrashuvida maydonga tushdi. 30 daqiqada muxlislar va jamoadoshlari qarsaklari ostida futbolchi katta futbol bilan xayrlashdi.
"Mashal" futbol klubi Dilyaver Vanievning "Mashal" klubi rivoji uchun qo'shgan o'lkan hissasiga minnatdorchilik bildiradi !
Uchrashuv yakunida Dilyaver Vaniev OAVlariga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Mashal" klubi va nomi bu o'zbek futbolida o'z o'rniga ega. Men mana shunday klubda faoliyat olib borganimda va aynan shu klubda faoliyatimni yakunlayotganimdan juda ham baxtiyorman. Futbol o'zining jismoniy holatiga qarab futbolda bo'ladi. Bugun men "Mashal"da so'nggi uchrashuvimni o'tkazdim. "Mashal" - bu brend. Agar rahbariyat va klub uchun yordamim kerak bo'lsa bajonidil mana shu klubda murabbiylar tarkibida ish olib borishim mumkin. Klubning barcha muxlislariga minnatdorchilik bildiraman. "Mashal" bilan faxrlanaman" ,- deydi sobiq futbolchi Dilyaver Vaniev

Fikrlar