So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  0 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Dilshod Jabborovning sariq kartochkasi nechta? Yangiliklar

Dilshod Jabborovning sariq kartochkasi nechta?

Bugun Toshkentdagi TTYMI stadionida O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasida "Lokomotiv" hamda "Navbahor" jamoalari o'zaro kurash olib boradilar.
Uchrashuvdan oldin namanganliklar safida kichik tushunmovchilik yuzaga kelgan. Yani, "Navbahor" oliy liga 5-turida "Bunyodkor" mehmoni bo'lgan edi. Ana shu uchrashuvning 21-daqiqasida Dilshod Jabborovga sariq kartochka ko'rsatilgani protokolda qayd etilgan edi. Vaholanki, o'sha bahsni bevosita stadiondan turib matnli translyaciya qilgan saytimiz xodimi ham, "Bunyodkor" va "Navbahor" klublarining rasmiy tvitter akkauntlari ham o'sha vaziyatda bosh hakam Dmitriy Pislegin sariq kartochkani Jabborovga emas, Robbim Hasanovga ko'rsatganini yozishgan edi. "Navbahor" matbuot kotibining malum qilishicha, o'yindan keyin uchrashuvning tasviri qayta ko'rib chiqilganda ham sariq aynan Robbim Hasanovga ko'rsatilgani malum bo'lgan. Lekin, o'yinning rasmiy protokolida Jabborovga sariq ko'rsatilgan deb yozilgan.

Oliy liganing so'nggi turida Dilshod Jabborov sariq kartochka oldi, agar "Bunyodkor" bilan o'yindagi "sariq" bilan qo'shib hisoblasak "Navbahor" sardorining sariqlari 4taga etdi va u bugungi "Lokomotiv"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi kerak. Aslida esa uning sariq kartochkalari uchta.

Olgan malumotlarimizga qaraganda "Navbahor" vakillari ana shu ishga aniqlik kiritish maqsadida O'FF ga murojaat qilishgan. Agar bugun Jabborov maydonga tushmasa, uning nomiga "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvda "yozilgan" sariq kartochka o'z kuchida qolgan bo'ladi va futbolchi oliy liga 11-turida kartochkalardan "tozalangan" holda o'ynashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvi 18:00 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика