Dilshod Jabborov "Navbahor"ga qaytadimi?
02 iyu 2014 13:47
Yangiliklar
Dilshod Jabborov "Navbahor"ga qaytadimi?
Ikkinchi davrani munosib o'tkazishni rejalashtirayotgan "Navbahor" ertadan so'ng CHirchiq tumanida dastlabki yig'inni boshlaydi.
Ayni
paytda murabbiylar jamoani kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilar
bilan muzokaralar olib borishmoqda. Asosiy urg'uni darvoza va hujum
chizig'ini kuchaytirishga qaratishmoqda. Malumotlarga qaraganda Murod
Zuhurov ("Bunyodkor"), Mamur Ikromov ("Metallurg") va bir-ikkita yosh
posbonlar bilan muzokaralar o'tkazilmoqda.
O'z navbatida hujumchilardan "Metallurg", "Nasaf" jamoalarida to'p surgan hamda joriy mavsum "Neftchi"da o'zini ko'rsata olmayotgan Zohid Abdullaev, yil boshida "Navbahor" yig'inlarida ishtirok etib, keyinchalik o'z xohishiga ko'ra "Oqtepa"ga yo'l olgan Alisher SHog'ulomov va nomi sir tutilayotgan boshqa hujumchilar "lochinlar" tarkibida ko'rinish berishi mumkin.
"Bunyodkor"dan ijaraga olingan SHukurali Po'latov agarda "Navbahor"ni tark etgudek bo'lsa, uning o'rniga joriy yilda Farg'onada to'p surayotgan sobiq "navbahorchi" Jahongir Mehmonov kelishi mumkin. Hozircha Po'latovning Namanganni tark etishi mavhum bo'lib turibdi. O'z navbatida "Bunyodkor" xorijdan boshqa markaziy himoyachi izlamoqda.
Klub rahbariyati asli namanganlik bo'lgan, hozirda boshqa jamoalarda to'p surayotgan futbolchilarni ham tarkibga jalb qilishmoqchi. Bilishimizcha, "Lokomotiv"da asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ygan Dilshod Jabborov "Navbahor"ga qaytishi mumkin. Agar chindan ham futbolchiga taklif bilan chiqishsa, Jabborov o'z uyiga qaytishga qarshi emas.
Hozircha jamoani tark etuvchilar malum emas. Yig'inlar boshlangach, ketuvchilar nomi asta-sekin malum bo'lib boradi.

Fikrlar