Dilshod Saitov uchun mavsum yakunlandi
31 okt 2020 21:25
Yangiliklar


Dilshod Saitov uchun mavsum yakunlandi
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvi qo'polliklarga boy bo'ldi.
Bahsning 12-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Dilshod Saitov jarohati bois almashtirildi. Olingan malumotlarga ko'ra, Saitovning oyoq suyagi singan (rasmdagi qizil joy) va gisp qo'yilgan. SHifokorlarning malum qilishicha, Saitov maydonga qaytishi uchun 6-7 hafta kerak bo'ladi. Futbolchi bu mavsum boshqa maydonga tushmasligi deyarli aniq.
Ushbu bahsning 75-daqiqasida mezbonlar chap qanot himoyachisi SHerzod Nasrullaev ham jarohat tufayli almashtirildi. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekani ertaga malum bo'ladi.
Nasaf Bobir Abdixoliqov - 54' |
Superliga. 22-tur 31/10/2020, 17:00 0
:
1
Tugadi
|
Qo’qon-1912 |
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar