So’nggi yangiliklar

23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  8 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14

Dilshod Rahmatov: "Futzalimiz bir qadam orqaga chekingandi. Jahon chempionati bilan uch qadam oldinga sakradik" Yangiliklar

Dilshod Rahmatov: "Futzalimiz bir qadam orqaga chekingandi. Jahon chempionati bilan uch qadam oldinga sakradik"

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha tunda yurtimizda kutib olindi.

Litvadagi Jahon chempionatida terma jamoamiz sharafini himoya qilgan kam sonli tajribali futzalchi Dilshod Rahmatov saytimizga taassurotlari va fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Ushbu Jahon chempionatidan katta taassurotlar qoldi, deya olaman. To'g'ri men uchun bu birinchisi emas. 2016 yil Kolumbiyadagi mundialda ham ishtirok etgandim. Qaysidir manoda bosim bo'lgandi. Litvadagi musobaqaga juda yaxshi tayyorgarlik bilan bordik. Ispaniya, Portugaliyada kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik bahslarida o'ynadik. Associaciya rahbarlari bizga barcha sharoitlarni yaratib berishdi.  

Tarkibimizda ajoyib yosh futzalchilarimiz bor. Turnir davomida barchasini ko'zi yonib turdi. Ular bilan birga futzalimiz darajasini ko'rsatib bera oldik. Eron bilan o'yindan so'ng Litvadagi avtobus haydovchilari ham bizni kelib tabrikladi. Bu bizga katta kuch va ishonch berdi. Arzimagan mehnatimizni shunday katta etirof etishgani uchun qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Orada futzalimiz bir qadam ortga chekingan bo'lsa, ayni paytda ikki emas, uch qadam oldinga qadam tashladik. Hozirgi paytga kelib sharoitlar o'zgardi. Bu tushimizga ham kirmagandi. 

Jahon chempionati men uchun so'nggisimi yoki yo'qmi, bilmayman. Avvalo xudo biladi. Kuchim etganicha o'ynayman. Qolganini murabbiylar bilan maslahatlashamiz",- deydi Dilshod Rahmatov.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика