So’nggi yangiliklar

20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  0 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  1 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1

Dilshod Nuraliev: "Xafa emasman, bu – hayot!" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "Xafa emasman, bu – hayot!"

2012 yili Dilshod Nuraliev ustozligidagi o'smirlar terma jamoamiz Eronda o'tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritishdi. Bir yildan keyin jahon chempionatida ham qatnashishdi.
Umuman aytganda, u yoshlar bilan ishlash orqali o'ziga yarasha nom qozongan. Ko'plab futbolchilarni tarbiyalab, ularga to'g'ri yo'lni ko'rsatdi. Futbolimiz uchun katta hissasini qo'shgan mutaxassisning bugungi kunda hech bir jamoada ishlamayotgani ajablanarli emasmi? Faqat “Paxtakor” akademiyasida direktor bo'lib mehnat qilib kelyapti. Uning muvaffaqiyatlarini takrorlash har qanday murabbiyga nasib qilavermaydi. Nuraliev bilan suhbatlashishni maqsad qilganimiz bois, u bilan telefon orqali bog'lanib Toshkentda uchrashishga kelishib olgandik. Uni doimgidek maydonda yoshlar bilan ishlayotgan paytida uchratdik.  

- Dilshod aka, avvalo suhbatlashishga rozi bo'lganingiz uchun minnatdormiz. Bugungi kunda “Paxtakor” akademiyasida direktor sifatida ishlab kelyapsiz. Aytingchi, uning murakkabligi bormi?
- O'zbekiston futbol federaciyasi bilan o'rtamizda tuzilgan shartnoma yakunlangach, “Paxtakor” rahbariyati menga “Paxtakor-2” va klub akademiyasini ishonib topshirishdi. Bu erdagi ishlar juda ko'p. Mening o'rinbosarim Valeriy Vasilevich Borodavkin. U asosan hujjat ishlari bilan shug'ullanadi. Bu erdagi vazifam o'quv-mashg'ulot jarayonlarini nazorat qilish. Umumiy maqsadimiz – asosiy tarkibga o'yinchilar etkazib berish. Barcha yoshdagi jamoalarimizni bitta dastur asosida shug'ullantirib, ularni to'g'ri yo'lga yo'naltirganmiz. Yosh futbolchilarimizni asosiy tarkibga o'tishini og'riqsiz taminlashga harakat qilyapmiz. O'ylaymanki, qilayotgan ishlarimiz o'z samarasini bermoqda. Bu yil Jamshid Boltaboev bilan Javohir Sohibov asosiy tarkibda to'p surishni boshlashdi. Qolaversa, yoshlar ligasida qatnashayotgan “Paxtakor” o'rinbosarlarining 99 foizini akademiyamiz tarbiyalanuvchilari tashkil qiladi. Bundan keyin ham ko'plab iqtidorlarni asosiy jamoamizga etkazib berishda davom etamiz. Xabaringiz bor, bungacha “Paxtakor-2”ni ham boshqarayotgandim. Mening qo'li ostimda jamoa birinchi ligada sakkiztalikdan joy olgandi. “SHo'rtan”ga qarshi uchrashuv men uchun oxirgisi bo'lib qoldi. Negaki, “Bunyodkor” akademiyasi bizning principial raqibimiz hisoblanadi. Ularga qarshi bellashuvlarda esa yoshlarimiz mag'lubiyatga uchrashdi. SHundan keyin klub rahbariyati asosiy etiborimni akademiyaga qaratishimni talab qildi. SHu bois “Paxtakor-2”dagi joyimni No'mon Hasanovga bo'shatib berishga majbur bo'ldim. 1999 yilda tug'ilgan guruhga Rustam Qurbonboev rahbarlik qilyapti va unga ham ko'maklashib turibman. Umuman olganda, akademiyamizdagi barcha guruhlar mening qaramog'imda. Bu ham o'ziga yarasha qiziqarli. Murabbiylarga kerakli yo'nalishlarni ko'rsatyapman. Bu mening sohamda navbatdagi bosqich bo'ldi. 



- “Paxtakor” akademiyasi direktori etib tayinlanganingizdan keyin sizni rahbar sifatida tasavvur qilgandim. Ammo tushunishimcha, asosiy ishingiz baribir maydonda o'tyapti, shundaymi?
- Ha, to'g'ri tushunibsiz. “Paxtakor” akademiyasining direktori bo'lganim bilan mening asosiy vazifam o'quv mashg'ulot jarayonini boshqarib borishdan iborat. Har bir yosh toifasidagi jamoalarni kuzataman. Lavozim degan so'z menga to'g'ri kelmaydi. Bunday bo'lishiga hal yoshman. Balki 60 yoki 65 yoshda bo'lsam, qandaydir lavozimda ishlarman.

- Demak, Valeriy Borodavkin ofisda hujjat ishlari bilan shug'ullanadi. Sizning ham u erda alohida xonangiz bormi?
- Alohida xonamiz bor. Ammo ko'proq u erda Borodavkin bo'ladi.

- Hujjat ishlari bilan umuman shug'ullanmaysizmi?
- Qog'ozbozlik bilan ham ishlashga farosatim etadi. Ammo bunday ishlarni asosan yordamchim bajaradi.

- O'zingiz aytib o'tganingizdek, “Paxtakor-2”ga ustozlik qilib o'z ishingizni davom ettirayotgandingiz. Ammo u erdagi joyni bo'shatib qo'yishingizni kutmagandik. Bu holat sizga ham g'alati tuyulmadimi?
- Bu narsa boshida o'zimga ham g'alatiroq tuyuldi. Yil boshida etiborimni ko'proq akademiyaga qaratishimni vazifa qilib belgilashgandi. CHunki Toshkent shahrida musobaqalar nihoyatda ko'p. “Paxtakor-2” oldiga esa hech qanday maqsad qo'yilmagan. Faqat futbolchilarga o'yin amaliyotini etkazib berish kerak xolos. SHuningdek, asosiy jamoaga munosib yigitlarni tayyorlashimiz ham vazifalardan biri. SHuning evaziga etiborimni ko'proq birinchi ligaga qaratganim bois bu erdagi ishlar biroz susayib qoldi. “SHo'rtan” bilan o'yindan keyin menga asosan akademiya bilan shug'ullanishimni aytishdi. CHunki ortimizdan “Bunyodkor” akademiyasi qadamma-qadam kelmoqda.

- “Bunyodkor” akademiyasining taqib qilayotgani bu jiddiy raqobat bilan bog'liqmi?
- Ha, raqobat yuzasidan. Bilasiz, “Bunyodkor” akademiyasidagi sharoitlar juda yaxshi. Maydonlarininig ko'pligi bu ularning yutug'i. Albatta, bizning sharoitimiz ham “Bunyodkor”nikidan yomon emas-ku, baribir ularniki yaxshiroq. Raqobat kuchayganligi uchun etiborimni faqat akademiyaga qaratyapman.



- Sizni yoshlar murabbiyi sifatida yaxshi bilamiz. Ammo ayni damda akademiya direktori sifatida ishlayapsiz. Bunday paytda har qandayn inson sizni tabiiyki amaldor qiyofasida o'ylaydi. Aytmoqchimanki, bu borada o'zingizni mansaabdor shaxs sifatida tasavvur qila olasizmi?
- Hozir siz bilan gaplashyapman. Menga etibor beryapsizmi, amaldorga o'xshaymanmi? (Nuraliev kiyimini nazarda tutdi. Muallif) Katta xonada kostyum-shim va galstukda o'tirishimni hozirgi kunda aqlimga sig'dira olmayman. SHuncha yil maydonda ishlab keldim. Hozir ham kuchim etarli va maqsadlarim bor. Vaqti kelib biror-bir jamoada mustaqil ishlash niyatidaman, orqaga qaytish yo'q. Nasib bo'lsa, bu borada o'zgarish bo'lishi mumkin. Lekin hozirgi qilayotgan ishim ham qiziq. 

- To'g'risini aytsam, bu erga kelishdan avval sizni chindan ham yuqori lavozim egasi sifatida, ofisdagi xonangizdan suhbatlashsak kerak deb o'ylagandim. Ammo ko'rib turibmanki siz hali ham murabbiy sifatida ishchi holatidasiz.
- (Kuladi) Aytyaman-ku, hozirgi holatda galstuk bilan xonada o'tiradigan murabbiy emasman. Bu narsa men uchun emas. Ishim maydonda o'tadi. Siz ham ko'rib turibsiz, Rustam Qurbonboev guruhiga yordam beryapman.Futboldan tashqarida emasman.

- Yaqin kunlarda qandaydir jamoaga ega bo'lishingizga ishonasizmi?
- Xudo xohlasa. Buni vaqt ko'rsatadi. Ammo shu narsa amalga oshishi mumkin.

- U holda siz haqingizda yangilik paydo bo'lishiga biz ham tayyor turishimiz kerak ekan-da?
- Yaxshi niyat qilyapman. Har doim mustaqil ishlab kelganman. Lekin kuchli mutaxassis bo'lsa, unga yordam berishni ham istayman. Agar “Paxtakor” rahbariyati menga jamoani ishonib topshirishsa bundan ortga chekinmayman.

- Suhbatimizning samimiyligini saqlagan holda shuni aytmoqchi edimki, klub rahbarlarining sizga qandaydir jiddiy ishni taklif qilishlarini kutganmidingiz?
- Jahon chempionatidan qaytib kelganimizdan keyin taklif bildirishlarini kutgandim. Biroq, o'ylaymanki, “Paxtakor-2” taklifi ham jiddiy edi. Balki birdaniga oliy ligada ishlashimni kutgandim desam ham noto'g'ri bo'lishi mumkin. Birinchi ligada ham ishimiz yomon kechmayotgandi. Oldimizga maqsad qo'yilmagan taqdirda ham yosh bolalar bilan sakkiztalikka chiqishga erishdik. Keyingi bosqichni ham yomon boshlamagandik. Lekin keyinchalik akademiya bilan shug'ullanishimni aytishdi va bu narsaga ham tayyor turgandim. 



- 2012 yili o'smirlar terma jamoasini Osiyo chempioniga aylantirdingiz. Oradan bir yil o'tib jahon chempionatida ham munosib ishtirok etdinglar. Bu orqali muxlislarning sizga bo'lgan ishonchi va hurmati yanada oshdi. Xukumatimiz tomonidan munosib taqdirlandingiz. Bunday pallada har qanday murabbiy sizning o'rningizda bo'lishni istagani bor gap. Ana shunday muvaffaqiyatlardan keyin sizga yana qaysidir terma jamoani topshirishadi deb kutgandik. Ammo...
- Savolingizga javob berishim qiyin. Ochig'ini aytsam, birga ishlagan terma jamoamizdagi murabbiylar shtabi bilan yana qaysidir terma jamoani topshirishlarini kutgandik va bu haqida o'ylagandik. CHunki yil oxirida tuzilgan shartnoma nihoyasiga etayotgandi. Olimpiya yoki o'smirlar terma jamoasiga tayinlashadi degan gap-so'zlar bo'lgandi. Bu savolingizga rahbarlar aniq javob berishadi. Ular nimagadir bizga ishonishmadi. O'sha paytda yoshlar terma jamoasining bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev edi. Keyinchalik u olimpiya terma jamoasiga yordamchi murabbiylikka o'tdi. Keyin esa boshqa murabbiyni taklif qilishdi. Rosti, bu holat biz uchun ham tushunmovchilik bo'ldi. Bunday bo'lishini kutmagandim. To'g'risi, terma jamoamiz bilan katta ish qilgandik. Bu gapim bilan jahon chempionatiga olib chiqqanimizni nazarda tutayotganim yo'q. Murabbiylar shtabi bilan hamjihatlikda terma jamoani tayyorlashda katta hamjmdagi ishni bajargandik. Mehnatlarimiz samarasi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ham ko'rindi. Baribir ushbu savolingizga javob berishga qiynalyapman. Bizga boshqa jamoani berishmaganidan nima ham qila olardik? Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi-ku! Hamma narsani vaqt ko'rsatadi. Televidenie orqali ham shu savolni berishgandi va o'shanda ham javob bera olmagandim.  

- Xafamisiz?
- Yo'q, xafamasman. Bu – hayot! Undagi hamma narsaga tayyor turish kerak. Bizga topshirilgan vazifani yorug' yuz bilan bajardik. Aynan shunisidan xursandman. Qo'limizdan kelganicha mehnat qildik. Buning uchun futbolchilarimizga ham minnatdorlik bildiraman. Ularning ota-onalariga va birinchi murabbiylariga ham rahmat. Yana takrorlayman, men xafamasman! Balki bu yaxshilikkadir. 2012 va 2013 yil biz uchun og'ir kelgandi. SHu bois xordiq chiqarish ham yomon bo'lmasa kerak. Bir yil dam oldik. Balki endi o'zgarish bo'lib qolar. Terma jamoalar markazidan yana taklif bo'lsa o'ylab ko'rarman. Agar ularning ishi bizga to'g'ri kelsa qabul qilamiz.

- Baribir o'zingizni nisbatan chetga chiqib qolgandek his qilmayapsizmi?
- Yo'q, bunday tasavvur qilmadim...

- Uzr, gapingizni bo'ldim. O'sha muvaffaqiyatlardan keyin hamma joyda Dilshod Nuraliev nomi yangragandi va sizga bo'lgan etibor yanada ortgandi.  
- Ishonasizmi, har kuni ikki martadan Respublikamizning turli shaharlaridan muxlislar qo'ng'iroq qilib, ishlaringiz nima bo'lyapti deb so'rashadi. Jurnalistlar ham bu haqida savol berishadi. Mening vijdonim pok va qo'limizdan kelganicha harakat qildik. To'g'ri, hammaga ham birdek yoqavermaysiz. Balki kimgadir ishimiz yoqmagandir. Bu gapni televidenie orqali ham aytdim. Mana endi sizga ham aytyapman. Lekin rahbariyat bilan doim muloqotdamiz. Hozir ham terma jamoalar markazida 2000 yillardagi jamoaning bosh murabbiyi hisoblanaman.

- Lekin bu nomigagina xolos...
- Ha, nomiga. Hali ham terma jamoalar murabbiylarining azosiman. Agar kerak bo'lmaganimda allaqachon bu ro'yxatdan meni o'chirib yuborishgan bo'lardi. Lekin men doim mustaqil ishlaganman. Faqat bir marta 2002 yildan 2004 yilgacha yoshlar terma jamoasida Rauf Inileevga yordam berganman. O'sha paytda qachonlardir bosh murabbiy sifatida jamoamni Osiyo chempioni qilishni va jahon chempionatiga olib chiqishni maqsad qilgandim. SHukrki, niyatimga erishdim. Agar yana ish taklif qilishsa o'ylab ko'ramiz.

- Yuqorida terma jamoalar markazidan taklif kutganingizni va uni qabul qilishga tayyorligizni aytdingiz. Lekin siz kutgan narsa ro'y bermadi. Endi esa sizga qandaydir ish taklif qilishsa, buni darhol qabul qilmasdan obdon o'ylab ko'rasiz, shundaymi?
- Ha, endi har tomonlama o'ylab ko'raman. 1996 yilgi jamoani qabul qilib olganimda, o'sha futbolchilarni yoshligidan o'zim katta qilganman. Menga qanaqadir yosh toifasidagi jamoani taklif qilishsa, buni albatta o'ylab ko'rish kerak. CHunki ular bilan qanday natijaga erishish mumkin, aynan shu jihatlarini o'ylash lozim. Taroziga solib ko'rgach, keyin javob aytaman.



- Yaqinda Ravshan Haydarov boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatida ishtirok etib qaytdi. O'sha tarkibdagi ko'plab o'yinchilar sizning shogirdlaringiz hisoblanadi. SHuni inobatga olganda, ushbu musobaqani qanday hissiyotlar bilan kuzatdingiz?
- O'yinlar davomida muxlislar va jurnalistlar qo'ng'iroq qilib terma jamoamizni ko'ryapsizmi deyishdi. Men jamoamizning har bir bahsini intiqlik bilan kutib ko'rdim. CHunki terma jamoadagi futbolchilarni 9-10 yoshidan tarbiya qilishni boshlagandim. Tabiiyki, bunday paytda ularning o'yinlarini kutaman-da. Har bir murabbiyga o'z tarbiyalanuvchisini terma jamoada ko'rish sharaf bo'lsa kerak. Asosiysi, oldiga qo'yilgan vazifani bajarib jahon chempionatiga chiqishdi. KXDRga yirik hisobda yutqazib qo'yishgani bu – ikkinchi darajali. Baribir muhimi, mundial yo'llanmasiga ega bo'lishdi. Men tabriya qilgan futbolchilarning aksariyati to'p surishdi. Ayniqsa, Otabek SHukurov alo darajada o'yin ko'rsatdi. Ravshan aka Haydarov tajribali murabbiy. Ishonamanki, yaxshi tayyorgarlik ko'rib, jahon chempionatida ham munosib qatnashishadi.

- Ushbu jamoadagi ko'plab o'yinchilar sizning shogirdlaringiz ekanligini barcha yaxshi bilardi. SHu nuqtai nazardan qaraganda, Ravshan Haydarov termada ish boshlagach, futbolchilarning kim qanday imkoniyatga qodirligi borasida sizdan maslahat so'radimi?
- Ravshan aka mendan kerakli narsalarni so'radi va futbolchilar haqida javob berdim. Haydarovning yordamchilari – Olim SHokirov hamda Ilhom Mo'minjonov bilan doimiy muloqotdamiz.



- “Paxtakor” akademiyasi baribir etakchilardan biri. Negaki, klub bu yilgi chempionligini asosan tarbiyalanuvchilarining hisobiga qo'lga kiritdi. “Paxtakor”ning ko'plab futbolchilari boshqa klublarda ham to'p surishyapti. Akademiyadagi muvaffaqiyatning siri nimada?
- Akademiyada muvaffaqiyatli ish olib borish, terma jamoa bosh murabbiyligidan ham ko'ra, jiddiyroq hisoblanadi. Bizning to'g'ri yo'nalishda ish olib borayotganimiz o'z samarasini beryapti. CHunki muvaffaqiyatli dastur asosida ishlasak, terma jamoalarimizga futbolning har bir sirigacha yaxshi biladigan yigitlarni etkazib beraveramiz. Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Vladimir Kozak, Davron Hoshimov, Jamshid Boltaboev, Akbar Ismatullaev, umuman bunday futbolchilarning barchasi katta dastur asosida ishlayotganimizning mevasidir. Bosh murabbiylikdan keyin akademiyada ishlash boshqalar uchun orqaga qaytishdir, lekin men bunday hisoblamayman. Aksincha, oldinga siljish deb atagan bo'lardim. 

-  Boya muvaffaqiyatli ishingiz haqida bejizga savol bermadim. O'sha paytda boshingizga baxt qushi qo'ngandi. Hozirgi faoliyatingizni hurmat qilgan holda aytmoqchimanki, keyinchalik baxt qushingizni qo'ldan chiqarib yubormadingizmikin?
- Baxt qushi? Hech kim uni qo'li bilan tutqazib bermaydi. Hammasiga mehnat orqali erishiladi. O'sha paytda qaysidir jamoani taklif qilishganida qabul qilardim. Ammo keyin akademiyani ishonib topshirishdi.

- Nazarimda, siz uchun kutilmagan savol bo'ldi-a?
- Ha, bunday savolni kutmagandim. Baxt qushini yomon ishlar yoki salbiy natijalar orqali uchirib yuborish mumkin. Biroq bizning ishimizda salbiy holatlar bo'lgani yo'q. Birovga yomonlik ham qilmadik. SHartnoma bo'yicha yaxshi mehnat qildik. Lekin ish taklif qilishmagani bu rahbarlarga beriladigan savol.



- Murabbiylik faoliyatingiz davomida ko'plab futbolchilarni tarbiyaladingiz. Ular sizni eslab turadimi yoki norizo bo'lgan paytlaringiz ham bo'lganmi?
- Har yilning 30 dekabr kuni Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Akmal SHorahmedov, Sadriddin Abdullaev, umuman katta yoshdagi futbolchilar bilan yig'ilib choyxona yoki kafeda o'tiramiz. Haligacha mendan maslahatlar so'rab turishadi. Hech biri kam bo'lgani yo'q. SHuningdek, ulardan minnatdorman. CHunki qiynalib qolgan paytlarimda ham manaviy, ham moddiy tomondan yordam berishgan. Denisov Rossiyaning etakchi klublaridan birida o'ynyapti. Tursunov ham kam bo'lgani yo'q. Ota-onasi, qarindosh-urg'ulari minnatdor. Bir so'z bilan aytganda, bir-birimizdan minnatdormiz.

- Akademiyada keskin yoki jiddiy qaror chiqarish kerak bo'lib qolsa, Borodavkin mustaqil ish yuritadimi yoki siz bilan maslahatlashadimi?
- Qarorni asosan maslahatlashgan holda chiqaramiz. Bu erda hamma o'z vazifasini bajaradi.


FIRDAVSXON suhbatlashdi
"Futbol Ekspress" gazetasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика