

Ammo olingan so'nggi ma'lumotlarga qaraganda, “Surxon” futbol klubida bugun yana e'tiborga molik o'zgarishlar yuz bergan.
Gap shundaki, jamoa raisligiga Abdug'ani Sanginov tayinlangan. O'z vaqtida Sarosiyo tumanining sobiq “To'palang” jamoasi rahbari sifatida ishlagan Abdug'ani Abdurahmonovich endilikda “Surxon”ni super ligaga olib chiqishga urinadi. Qizig'i shundaki, yangi rahbariyat jamoadagi birinchi ish kunidayoq bosh murabbiy masalasini qaytadan ko'rib chiqib, ushbu mas'uliyatli postga taniqli mutaxassis Dilshod Nuralievni olib keldi. Asosan yoshlar va o'smirlar terma jamoalaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Nuralievni bugun klub rahbariyati rasman jamoa a'zolariga tanishtirib o'tdi.
Bungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Abdusamad Do'rmonov va uning yordamchilari Vali Keldiev, Aleksandr Korneychukning “Surxon”dagi keyingi taqdiri so'roq ostida. Jamoa a'zolari dushanba kuni o'z qarorgohida yig'iladi. Shundan so'ng ayrim masalalarga oydinlik kiritiladi.




