So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Dilshod Nuraliev: Qatar safari o'xshamagani rejalarimizga tasir qilmaydi deb umid qilaman Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: Qatar safari o'xshamagani rejalarimizga tasir qilmaydi deb umid qilaman

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasini sentyabr oyida juda muhim o'yinlar kutmoqda.

Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi jamoa 16-24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan U-16 Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etadi. Guruhimiz nihoyatda kuchli. “A” guruhida bizdan tashqari Bahrayn, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, SHri-Lanka o'smirlar terma jamoalari ham bor.

Saralash o'yinlari reglamentiga ko'ra guruhdan birinchi o'rinni egallagan jamoa Osiyo chempionatiga yo'l oladi. SHuningdek, ikkinchi o'rinni olgan eng yaxshi beshta jamoa ham shunday yo'llanmaga ega bo'ladi. Saralash bosqichida jami 10ta guruhda o'yinlar bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 19 va 21 avgust kunlari Qatarda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi lozim edi, ammo Qatar o'z rejalarini o'zgartirgani sababli bu o'yinlar bekor qilindi. Natijada Nuraliev shogirdlari Qatarga bora olishmadi. Biz vaziyatni o'rganish, shuningdek boshqa bir qator savollarga javob olish maqsadida o'smirlarimiz ustozi Dilshod Nuralievdan intervyu oldik.

-   Dilshod aka, suhbatni ko'pchilikni qiziqtirayotgan mavzu bilan boshlasak. Qatar safari nima uchun amalga oshmadi?
-   Bu o'yinlar bo'lishi oldindan tashkil etilgandi. Ammo oxirgi pallada Qatar futbol federaciyasi terma jamoa boshqa bilan ikkita o'yin o'tkazishini malum qilgach, biz u yoqqa bora olmaydigan bo'ldik. Qatar bizga taklif yuborganidan so'ng tezda terma jamoani Toshkentda to'plashga harakat qildik. Rejaga ko'ra 16 avgust kuni Toshkentda yig'ilib, ertasi kun Qatarga yo'l olishimiz kerak edi. Viza o'z vaqtida hal bo'ldi-yu, ammo samolyotga aviachipta bo'yicha bazi muamamolar chiqib qoldi. Bu borada ham to'liq ulgura olmadik. Agar Qatarga borganimizda tarkibga yangi jalb etilgan farg'onalik va namanganlik yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishni rejalashtirib qo'ygandim.

-   Qatar varianti amalga oshmagani terma jamoa rejalariga jiddiy tasir ko'rsatadimi?
-   SHunday bo'ladi deb o'ylamayman. CHunki bizni oldinda ikkita xalqaro turnir kutib turibdi. Dastlab 27 avgust - 3 sentyabr kunlari Polshadagi turnirga boramiz, undan keyin 4-9 sentyabrda Astanada ham xalqaro turnir tashkil etiladi. Mana shu ikki turnir o'smirlarimiz uchun tayyorgarlikning oxirgi bosqichini o'tab beradi. To'g'ri, Qatarga borsak ham yaxshi bo'lardi. Har holda Osiyo chempionati saralash bosqichidagi asosiy raqiblarimiz arablar. Biz Saudiyada mezbonlardan tashqari Iordaniya va Bahraynga qarshi maydonga tushamiz. Qatar ularga yaqin o'yin uslubiga ega jamoa bo'lgani uchun ham borib ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni maqsad qilgandik. Reja amalga oshmadi, lekin bundan xafa bo'lib o'tirish kerak emas. Hammasi yaxshilikka bo'lsin deb etiborni keyingi o'yinlarga qaratgan maqul.


-   O'smirlarimiz saralash bosqichiga yaxshi tayyorgarlik ko'rishi uchun O'FF tomonidan qanday yordam berilmoqda?
-   Xabaringiz bor, iyun oyida Toshkentda xalqaro turnir tashkil etildi. Biz “Jar” stadionida Yaponiya, Polsha va Belarus o'smirlariga qarshi maydonga tushdik. SHuningdek, iyulda Xitoyda ham xalqaro musobaqa o'tkazildi. Bunda Xitoy, CHexiya va Yaponiya bilan o'ynadik. Bu o'yinlar O'FF say-harakatlari tufayli amalga oshdi va rahbariyatga bu borada o'z minnatdorchiligimni bildiraman.  

-   Endigi rejalar qanday ko'rinishda bo'ladi?
-   Aytib o'tganimdek, avgustning oxiri sentyabr boshlarida Polsha va Qozog'istondagi ikkita xalqaro turnirda ishtirok etamiz. Ikkala turnir bir-biriga juda yaqin vaqtda o'tkazilishi sababli Polshaga asosiy tarkib boradi, Qozog'istonga esa ikkinchi tarkibni olib ketamiz. Ularning umumiy jamlanmasidan bitta kuchli terma jamoa paydo bo'ladi. Keyinchalik 10 sentyabrdan Toshkentda yig'ilamiz va 16 sentyabr kechki payt Saudiya Arabistoniga uchib ketamiz. Hozirda terma jamoaning 90 foiz tarkibini aniqlab bo'lganmiz. Faqata ikki-uch nafar yangi futbolchilar bor va shularni sinovdan o'tkazib olishim kerak.

-   Toshkent va Xitoyda bo'lib o'tgan musobaqalar agar natijani hisobga olmasak, sizda qanday taassurot qoldirdi?
-   Bilasizmi, futbolda har doim natija kerak. Baribir hamma natija uchun o'ynaydi. Nasib qilsa, Saudiya Arabistonidan ham natija bilan qaytamiz. Toshkentda bo'lgan musobaqada birinchi o'yinimiz Yaponiyaga qarshi kechdi va birinchi taymni yomon o'tkazmadik. Lekin ikkinchi bo'limda zaxiradan yangi futbolchilar maydonga tushishi natijasida 1:5 hisobida yutqazib qo'ydik. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsak-da, bundan to'g'ri xulosa chiqardik deb o'ylayman. CHunki xuddi shu jamoa bilan Xitoydagi turnirda ham o'ynab ko'rdik va unda 1:1 hisobi qayd etildi. 90-daqiqaga qadar 1:0 hisobida oldinda borayotgandik, lekin qo'shimcha daqiqalarda gol o'tkazib yubordik.

-   Evropa jamoalari - Polsha, Belarus va CHexiya bilan kechgan o'yinlarda faqat mag'lub bo'ldik. Bu futbol borasidagi tafovut kattaligini ko'rsatadimi?
-   Evropada futbolning tashkiliy tomonlari bizga nisbatan ancha kuchli. Ularda o'yinni boshqarish va futbolchilarning xotirjam o'ynashi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Bundan tashqari, ularda atletizm, yani jismoniy ko'rsatkichlar yuqori. Bu faqat hozir emas, balki o'z vaqtida 1986 yilda tug'ilgan futbolchilarni boshqarganimda ham shunday edi. Biz o'shanda ham jismoniy tomonlama ularga yutqazardik, hozir ham. Bu narsa 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar termasini boshqargan paytimda ham o'z tasirini ko'rsatgan. Oxirgi vaqtlarda bizda bolalar kichiklashib ketdi. SHunday vaziyatda biz Evropadan qaysi tomonlama ustun bo'lishimiz mumkin? Birinchi navbatda to'p bilan muomalada va futbolchilarning nostandart harakatlari orqali. Men bemalol aytishim mumkin, bizning futbolchilar to'p bilan muomalada evropaliklarga yutqazmaydi. Ammo kuch tomondan ularga yutqazib qo'yyapmiz. Toshkentda Polsha, Xitoyda CHexiya o'smirlari bilan kechgan bahslarda shu narsa yaqqol ko'zga tashlandi. O'smirlarimizning jismoniy tomondan ularga kuchi etmadi.

-   Bizda jismoniy holatning pasayib ketishi tabiatdanmi yoki futbolchilarning o'z ustida kam ishlayotganidanmi?
-   Bizda ham baland bo'yli futbolchilar bor, lekin ularda kamchilik ko'p. Yani, ular to'p bilan muomalada ham, tezkorlikda ham boshqalarga nisbatan oqsayapti. Biz bunday o'yinchilarni baribir terma jamoaga chaqira olmaymiz. CHunki ular bilan alohida ishlash uchun vaqt yo'q. Futbolchilarni birinchi navbatda klublar yaxshi tarbiyalab bizga etkazib berishi kerak. SHundagina terma jamoa murabbiylariga oson bo'ladi. Qolaversa, terma jamoani yig'ganimizda ko'pi bilan bir hafta - o'n kunlik yig'inlar tashkil etamiz. Ammo shu o'n kun futbolchi bilan alohida ishlash uchun etarli emas. Ularni yil davomida klublar murabbiylari tarbiyalab borishi kerak.

-   Malumki, siz ancha yillardan beri yosh futbolchilar bilan ishlab kelasiz. Bizning matbuotda yosh futbolchilar o'rtasidagi turnirlar u qadar keng yoritilmasligi, yoshlar haqida malumot berilmasligi sizning ham ishingizga tasir o'tkazadimi?
-   Bu butun dunyoda shunday bo'lsa kerak. Muxlislar ko'proq mashhur futbolchilar haqida bilishni istashadi. Evropada yoshlar o'rtasida ko'p o'yinlar tashkil etiladi, ammo Osiyoda bu kam. Masalan, men o'zim o'sha saralashdagi raqiblarimiz o'yinini ko'rish maqsadida ko'p izlandim, lekin topa olmadim. Saudiya, Bahrayn, Iordaniya saralash o'yinlariga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda, bu haqda bizda malumot deyarli yo'q. Ular ham o'ynayapti, lekin o'yinlar diski hech qaerda yo'q. SHu bois biz o'z kuchimizga tayangan holda musobaqaga boramiz. O'zimizda esa aynan 2002 yilda tug'ilgan futbolchilarni saralab olish ko'p ham qiyinchilik tug'dirmadi. Negaki muntazam selekciya ishlari bilan mashg'ul bo'ldik. O'zim Namanganga borib o'smirlarni kuzatgan bo'lsam, sherigim Samarqandga borib keldi. Qolaversa, Toshkentda to'rtta jamoa ishtirokida respublika birinchiligi tashkil etildi. Ammo bitta muammo borki, buni aytib o'tmasam bo'lmaydi. Bizda har bir viloyatda har bir yoshdagi terma jamoaga masul murabbiylar bor, ammo Toshkentda o'tkaziladigan respublika birinchiligida ular o'sha viloyatning eng kuchli termasini olib kela olishyapti. Yaxshi futbolchilar o'rniga ko'pincha puli borlar keladi. SHu bois doim viloyatdagi murabbiylardan iltimos kuchli tarkibni olib kelinglar deb so'raymiz. Qolaversa, ko'p viloyatlardan terma jamoa emas, balki qaysidir futbol maktab o'yinchilari keladi. Mana shu narsa bizda haliyam to'g'ri yo'lga qo'yilmaganidan terma jamoaga nomzodlarni saralab olish ko'p hollarda qiyin kechadi.


-   Toshkentda o'smirlar o'rtasida har yili muntazam shahar chempionati va shahar birinchiligi o'tkazib kelinadi. Viloyatlarda ham shunday musobaqa yo'lga qo'yilganmi?
-   Afsuski, ko'p viloyatlarda bunday turnirlar yo'q va bu ham yoshlar-o'smirlar futbolida og'riqli nuqtalardan biri bo'lib qolmoqda. Masalan, Namanganga borganimda shuni so'ragandim, menga o'ntadan ko'p jamoa bor deyishdi. Lekin ular doim bir-birlari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib yurishadi. Har hafta taqvim asosida kechadigan o'yinlar yo'q. Har bir viloyatda 10-12 jamoa o'rtasida hech bo'lmasa uchta yosh toifasida viloyat chempionati o'tkazib turgan maqul, shundagina kuchli futbolchilar etishib chiqadi. Bizdan ko'p so'rashadi: nima uchun viloyatlardan o'yinchi olmaysizlar deb, endi viloyatlik futbolchi doim o'rtoqlik o'yini o'tkazib yurganidan keyin qanday qilib ularni terma jamoaga chaqirish mumkin? Qolaversa, o'rtoqlik o'yinida futbolchining kuchli tomonini ko'rib bo'lmasa. Toshkentda esa bunday musobaqa bor. Agar viloyatlarda ham shunday birinchiliklar yo'lga qo'yilganida bormi, bizning ishimiz yanada osonlashgan bo'lardi.

-   Malumki, siz 1996 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan Osiyo chempioni bo'lgansiz, shuningdek jahon chempionatida chorak finalga qadar borgansiz. Tabiiyki bu yutuqlardan keyin qaysi jamoada ishlamang, muxlislarda sizdan yana katta natijalarni kutishadi. Saudiyada bo'ladigan Osiyo chempionati saralash o'yinlaridan oldin bu sizga qandaydir bosim o'tkazadimi?
-   Endi bosim deya olmayman-u, lekin o'zim ham oxirgi paytlarda shu haqda ko'p o'ylayapman. Borib qanday o'ynarkanmiz, u erning issiq iqlimi tasir qilmasmikin deb ko'p bosh qotiraman. Saralash taqvimi shunday tuzilganki, go'yo hammasi Saudiya Arabistoni foydasi uchun ishlab chiqilgandek. Biz dastlabki uchta o'yinni 17:15da boshlaymiz. Saudiya esa 20:15da boshlaydi. Biz faqat oxirgi, mezbonlarga qarshi bahsnigina 20:15da boshlaymiz. Lekin bundan nolishimiz kerak emas, aksincha yanada ko'proq harakat qilish lozim. Hozirgi o'smirlar terma jamoasini qabul qilib olganimga hali ko'p bo'lmadi. 1996 yilda tug'ilgan o'yinchilar bilan esa ular etti yoshga kirganidan beri ishlab kelgandim. Kamchilik hammada bor: bizda ham, raqiblarimizda ham. Bu yoshda bexato futbol o'ynashning iloji yo'q. Hozirgi tarkibda ham iqtidorli yoshlar ko'p, faqat ular bilan ishlash kerak.

-   Suhbatimiz oxirida o'quvchilarga aytadigan gapingiz bo'lsa, bemalol bildirishingiz mumkin.
- Yoshim ham 50ga yaqinlashib qoldi. Futbolda yoshlar bilan ishlay boshlaganimga ham mana yigirma yildan oshdi. Butun bilimim, bor kuch-g'ayratimni yoshlar tarbiyasi uchun sarfladim. O'tgan vaqt oralig'ida ko'plab futbolchi hamda murabbiylar bilan birga ishlash nasib etdi. Agar shu vaqt ichida kimningdir dilini og'ritgan bo'lsam avvalo uzr so'rayman. CHunki nimaiki ish qilgan bo'lsam, hammasi futbol rivoji deb, futbolchi o'sib yaxshi inson bo'lsin degan maqsadda qilganman. Hech bir murabbiy shogirdidan yomon odam chiqishini xohlamaydi. Murabbiy urishsa ham, tergasa ham shogirdim yaxshi inson bo'lsin deydi. Xohlardimki, jamoalarimizda ahillik kuchaysa, tartib-intizom doim birinchi o'rinda tursa. SHundagina biz katta g'alabalar sari harakat qila olamiz.


X.Xoliqov suhbatlashdi.  

VIDEO. Osiyo chempioni Dilshod Nuraliev kimdan uzr so'radi?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика